Tetiklashtir uv chi mashq.
0 ‘yinnmg borishi:
Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi
koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi ayt-
gan
so‘zni bo‘g‘inlab aytib berishlari kerak: to-vuq, jo ‘-ja, mu-shuk,
ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. 0 ‘yin shu tarzda davom etadi.
Bolalar, hozir biz
«So‘zni o‘zgartir»
degan o‘yin o‘ynaymiz.
Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi.
Ular so‘zlar bo‘ladi.
1-bola jo ‘ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‘ladi, qanday
gap hosil bo‘ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‘z o‘rniga boshqa
so‘z qo‘yadigan bo‘lsak yangi gap hosil bo‘ladi. Masalan, «Jo‘ja»
so‘zining o‘miga qanday so‘zni qo‘yamiz? Bolalar javobi: «Mu
shuk»
qanday gap hosil bo‘ladi? Bolalar javobi: Mushuk kuchuk
chani uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‘zlami o‘zgartiring. Jo‘ja
mushukni ko‘rdi (Avvalgi so‘z o‘midagi bolalar chetga chiqadilar,
ular o'miga boshqa bolalar chiqadilar).
3.
Tovush artikulatsiyasini
egallash ancha uzoq va murak
kab jarayon bo‘lib, u ko‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha
cho‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda
bola besh yoshdan boshlab sof so‘zlay boshlaydi. «Maktabgacha
ta’lim muassasalarida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettin-
chi yiliga kelib, ya’rn bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatish boshla-
nadigan davrga kelib, uning barcha tovushlar artikulatsiyasini to‘liq
o'zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.
Bolalarga to‘g‘ri- talaffiizni o‘zlashtirish vazifasi agarda ular or
foepik talaffuzli shaxslar ichida o'sayotgan bo‘lsa, juda oson hal eti-
lishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulatsiya bazasi
to‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki
xalqona talaffuzdagi so‘zlami eshitsa, bu jarayon juda qiyin kechishi
(aniqrog‘i -hech narsani o‘zlashtira olmasligi) mumkin.
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‘z-
o‘zidan, prosodemalar, ularning artikulatsiya organlarini modullashti-
rishdagi ishtiroki masalasi juda kam o‘rganilgan.
Dostları ilə paylaş: