Kerakli jihozlar: «Paxtazor»
mavzusida rasmlar, paxtadan tay-
yorlanadigan mahsulotlardan namunalar (paxta, sovun, ip kabilar).
Mashg4uiotning borishi. Bolalarga ko‘rinarli qilib «Paxtazor-
da» mavzusida surat ilinadi. Tarbiyachi
qisqagina kirish suhbati
o'tkazadi.
Bolalar, paxta - o‘zbek xalqining faxri, milliy boyligi hisob
lanadi. Uni e’zozlab «Oq oltin» deb ataydilar.
Paxta yetishtirish
uchun dehqonlarimiz juda ko‘p mehnat qiladilar. Bahor va yozda
paxtani parvarish qiladilar. Kuzda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi.
Hosil yig‘ib terib olinadi.
Paxtadan ip, gazlama, yog‘, qog‘oz kabi
mahsulotlar olinadi. So‘ngra tarbiyachi bolalar diqqatini suratga
jalb qiladi.
1. Suratda gayer tasvirlangan? (paxtazor).
2. Bolalar nima haqida suhbatlashyaptilar?
3. Suratga nima deb nom berish mumkin?
Dostları ilə paylaş: