24-25-§. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlar
Reja:
1. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida ta ’limiy o'yinlar va
ularning ahamiyati.
2. Lug'atni boyitish uchun yordam beradigan ta ’limiy
о ‘yinlaming turlari.
3. Ко ‘rgazmali materiallar bilan о ‘ynaladigan ta ’limiy о ‘yinlar.
4. Bolalar lug‘atini boyitishda ta ’limiy o'yinlarni tanlash,
о ‘tkazish va tahlil qilish.
Tayanch tushunchalar: ta ’limiy o'yinlar, ко‘rgazmali material,
didaktik o'yinlar, qoidali-harakatli o'yinlar, stol-bosma o'yinlar.
Og'zaki so ‘zli о ‘yinlari,
o‘yin tempi va ritmi, sensor madaniyati.
1.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va
ularning ahamiyati.
Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bo
lalaming yosh xususiyatlariga mos keladigan о‘yinlar sirasiga kiradi.
Didaktik o‘yinlaming muhim belgisi undagi
qoidalaming mavjudligi-
dir. o‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida
uzviy aloqa mavjud. 0 ‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini
belgilaydi. 0 ‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini
hal etish-
ga va o‘yindagi harakatlami amalga oshirishga yordam beradi.
Ta’limiy o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib
boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jara-
yoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.
0 ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi.
Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak.
Bunday o'yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda gu
ruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta
aniqlanadi. Ta’limiy o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralganda javob berish.
3. 0 ‘rtoqlari fikrini eshita olish.
209
4. 0 ‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. 0 ‘yin qoidasini bajarish.
6. 0 ‘z xatosini tan olish.
Ta’limiy o‘yinlarda bolalarning yosh,
individual xususiyatlarini
hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi,
juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp
esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi.
Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri
baholash muhim
ahamiyatga ega.
Ta’limiy o‘yinlaming quyidagi turlari mavjud: a) buyum va
o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b)
stol-bosma; d) og‘zaki so‘z
o‘yinlari.
Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk
yoshidan boshlab, .to maktab yoshiga yetgunga qadar o'ynaladigan
o‘yin turi hisoblanadi.
Bunda bolalarning tasawurlari, diqqatlari o‘yin
asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar,
ulaming sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil
bo‘ladi. 0 ‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq с ‘zining
tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini
ajrata bi-
lish imkonini berishi lozim. В unday o‘yinlar bolalarning narselarning
shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Stol-bosma o‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasawur-
larini aniqlash,
bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez,
umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir.
Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.
Dostları ilə paylaş: