5
qiladigan о‘rinlarini topib о‘qish hisoblanadi. Masalan, “Xarita” (Normurod
Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bо‘lishi mumkin:
− Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qо‘ydi? Shu о‘rinni
topib о‘qing.
− Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan о‘rinni topib о‘qing.
Bunda о‘quvchi biror qatnashuvchi shaxs о‘zini qanday tutishini, nima uchun
u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab о‘qiydi.
Tanlab о‘qish ongli va ifodali о‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida
ishlash kо‘nikmasini shakllantirish bilan birga qо‘shib olib borishga, bolalarning
ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini о‘stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan
о‘qish darslarida keng foydalaniladi.
Tanlab о‘qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmunini
ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish
(matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi
materiallar tanlash)da, asar g‘oyasini aniqlash ( g‘oyani anglatgan о‘rinni topib
о‘qish)da tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: