Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish


О‘quvchilarni savol berishga о‘rgatish



Yüklə 231,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix30.12.2022
ölçüsü231,96 Kb.
#78180
1   2   3   4   5   6   7
F2OHpNImQk9YJVrchrY35U7ORMOri77qnFgzy4t6

3. О‘quvchilarni savol berishga о‘rgatish. О‘quvchilarni savol berishga 
о‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, 
tо‘g‘ri berilgan savolda yarim javob tayyor bо‘ladi. О‘quvchilar matnni ongli 
о‘zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. О‘quvchilarga savol 
berishni о‘rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 



О‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga о‘rgatish uchun о‘qituvchi 
matnga о‘zi tuzgan yoki «О‘qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil 
uchun “Nega u yoki bu savol qо‘yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap 
boradi?”, “Savol kо‘proq qaysi sо‘zlar bilan boshlanadi?” kabi savollarni 
ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni о‘rgatadi. 
Ikkinchidan, о‘qituvchi о‘quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yо‘liga qaratadi 
va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan о‘qish, qatnashuvchi shaxslarni 
kо‘rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga 
о‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida bu mashq jamoa bо‘lib bajariladi va ta’limiy 
xarakterda bо‘ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli 
ekani yoki, aksincha, noqulay bо‘lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. 
Masalan, 3-sinfda “Ahillik ulug‘ baxt” ertagida “Odamlarning cholning bolalari 
haqidagi fikri yuzasidan savol tuzing” topshirig‘i berilgach, о‘quvchilar “Odamlar 
aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?” kabi savol tuzishlari mumkin.
4-sinfda “Qovun sayli” (SH.Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan savol tuzish 
topshirig‘i quyidagicha beriladi: 
− Hikoyadagi birinchi xat boshini о‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. 
− Hikoyadagi birinchi xat boshida qо‘llangan sо‘zlarning ma’nosini izohlash 
bо‘yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, sertо‘r sо‘zlarining ma’nosini 
izohlang) 
− Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing va shu kabilar. 
Keyinchalik о‘quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham 
о‘zlashtirib oladilar. 

Yüklə 231,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin