6
sinf) g‘oyasi о‘quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala
madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun о‘qituvchi
“Anvar Obidjon aytmoqchi bо‘lgan salom berish mavridlarini о‘z sо‘zingiz bilan
aytib
bering”,
“Nima
uchun
echki
sichqonga
nasihat
qildi?”,
”Toshbaqaningsichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering” kabi savol-
topshiriqlardan foydalanishi mumkin.
Qambar О‘tayevning “Non qayerdan
keladi?” (4-sinf) she’ri asosida esa
“Non nima? Uni ta’riflang”, “Non qayerdan
kelar ekan?”, “Nonni nima uchun qadrlash kerak?” kabi savol-topshiriqlardan
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta о‘rin
berilgan. О‘qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash
usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar о‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf «О‘qish» kitobidan о‘rin olgan «Qodir
bilan
Sobir» matni yuzasidan о‘quvchilarni о‘z fikrini aytishga undovchi
«Sobir
о‘qishdan kechikish sababini ochiq aytib tо‘g‘ri qildimi?», «Uning о‘rnida siz
bо‘lganingizda nima qilardingiz?» kabi savollar о‘quvchilarning
fikrlash
qobiliyatlarini, og‘zaki nutqini о‘stiradi va matnni yaxshi о‘zlashtirishlariga
yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan
tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham kata ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf
“О‘qish kitobi”dagi Qudrat Hikmatning
“Bahor” she’ri asosida
“She’rda dastlab
nimalar haqida gapiriladi?”, “She’rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib
bering”, “Shoir bahorni tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?”
kabi savol-topshiriqlardan foydalanish о‘quvchilar faolligi oshiradi.
Savol-topshiriqlar
ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: