2022 № 3 243
MUHOKAMA Zamonaviy dunyo adabiyotshunosligida badiiy adabiyotni psixopoetik nuqtai nazardan
tahlil va talqin qiluvchi bir qancha nazariy qarashlar, usul va metodlar ishlab chiqilgan. Ular
orasida A.A.Potebnya, D.I.Ovsyaniko-Kulikovskiy, Z.Freyd, J.Lakan, K.Yung qarashlari keng
tarqalgan. A.Potebnyaning fikricha, badiiy asarlarda obrazlar muhim bo„lib, har qanday obraz
o„ziga xos individual psixologik xususiyatlarga ega bo„ladi. Zigmund Freyd shaxsning individual
harakatlari uning faoliyatini psixologik tahliliga asos bo„lishi haqidagi g„oyani ilgari surgan. Jak
Lakanning “psixoanaliz struktura”sida esa butun asar yaxlit psixologik tuzilma degan qarashlar
yetakchilik qiladi. Bundan tashqari Alfred Adler, Karl Yung, Rene Uellek, Ostin Urren kabi
olimlar badiiy asar va undagi poetik obrazlar yaratilishida psixologik mexanizmlarning o„rniga
alohida eʼtibor qilishgan. Olimlarning fikricha, psixologizm «yozuvchi shaxsini tip va betakror
individuallik sifatidagi psixologik tahlili ijodiy jarayoni bo„lib, u yoki bu badiiy asarning
yaratilish qonuniyatlari va tipologiyasi, nihoyat, adabiyotning o„quvchiga taʼsirini o„rganadi”.
Demak, badiiy psixologizm uch asosiy yo„nalishda rivojlanuvchi nazariy masalalarning o„ziga
xos ko„rinishi bo„lib, bu masalalarga eʼtibor badiiy adabiyotda, xususan, nasrda so„nggi yillarda
ancha faollashdi. Buning bir qancha ijtimoiy, badiiy-falsafiy hamda psixologik omillari mavjud.
Birinchidan, ijtimoiy hayotimizda ro„y bergan qator o„zgarishlar, mustaqil o„zbek
jamiyatining shakllanishi, inson omiliga, avvalgidek ulkan mexanizmning bitta vinti deb emas,
balki individual subʼekt, shaxs sifatida qarash kuchaydi.
Ikkinchidan, badiiy-estetik qarashlarimizda yangi estetik idealni shakllantirishga
intilish, dunyoni yangicha ko„rish ehtiyoji paydo bo„ldi.
Uchinchidan, globallashuv jarayonini boshdan kechirayotgan inson omiliga munosabat
masalalari, jahon adabiyotida bo„lgani kabi, o„zbek nasrida ham qator o„zgarishlarning yuzaga
kelishiga asos bo„ldi. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, dissertatsiyamizning o„zak
muammosi sifatida tadqiq etilayotgan badiiy psixologizm masalasi madaniy-tarixiy, falsafiy-
psixologik, badiiy-estetik mohiyat kasb etishi bilan birga, muhim nazariy tushuncha sifatida
zamonaviy o„zbek adabiyotshunosligi takomili uchun xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy
o„zbek adabiyoti materiallari asosida ayni badiiy hodisaga xos nazariy kriteriylarni
umumlashtirish, yangi qirralarini aniqlash zaruratini ko„rsatadi. Zamonaviy adabiyotshunoslik
ilmidagi “badiiy psixologizm” tushunchasi bugungi kunda semantik jihatdan yetarlicha aniq
emasdek taassurot uyg„otadi. Tadqiqotchilar umumiy va amaliy xarakterdagi ishlarida bu
terminni bot-bot qo„llaydilar. Ammo unga xos kriteriylarni belgilashda fikrlar mazmuni baʼzan
qarama-qarshi kelib qolgan holatlar ham uchrab turadi. Chunki badiiy psixologizm
adabiyotshunoslar diqqat markazida turgan nisbatan murakkab hodisalardan biri hisoblanadi:
uning o„ziga xos xususiyatlari va ko„p jihatliligi, bir tomondan, muammoni o„rganish jarayonida
ko„pgina fanlarga oid bilimlarni talab etishida (psixologiya, falsafa, estetika, adabiyotshunoslik
fanlari sarhadlarini qamrashida) namoyon bo„lsa, boshqa tomondan – adabiyotshunoslikning
barcha asosiy muammolari bilan bevosita aloqadorligida ko„rinadi. Mumtoz va zamonaviy
adabiyotshunoslikda badiiy ijoddagi psixologizm masalasi ko„p marta ko„tarilgan. Mazkur
muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning serobligi va uni ko„p jihatdan (nazariy, adabiy-
tarixiy, analitik nuqtai nazarlardan) o„rganish mumkin ekanligigiga qaramasdan, bugungi kunda
quyidagilarning yetishmasligi yaqqol sezilib qolmoqda:
- badiiy psixologizmga xos nazariy kriteriylar to„la-to„kis aniqlanmagan;
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL