Badiiy psixologizm va uning ilmiy-nazariy kriteriylari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix26.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#197297
1   2   3   4   5   6   7
badiiy-psixologizm-va-uning-ilmiy-nazariy-kriteriylari

2022 
№ 3
245 
darajasi sifatida qatʼiy belgilash; psixologizm va ritorik uchburchak (muallif – qahramon – 
kitobxon) o„rtasidagi o„zaro munosabatni aniqlashdagi noaniqliklar bilan shartlanadi.
XULOSA 
Adabiyotshunoslikdagi psixologizm muammosiga bag„ishlangan ishlarni bir-biriga 
chog„ishtirish: nazariy yondashuvlarda yakdillik yo„qligini; asarlardagi individual-mualliflik 
psixologizmi masalalari yuzasidan ishlarning serobligini; XIX adabiy psixologizmining eng 
ko„pishlanganligini; XX asr psixologizmi va uning jahon adabiyotidagi dinamikasiga 
bag„ishlangan qiyosiy-tarixiy ishlarning mavjud emasligini ko„rsatdi.
Badiiy psixologizmning XIX va XX asrdagi jahon nasri namunalari tadqiqi, baʼzi hollarda 
ijtimoiy tuzumlar, inqilobiy qarashlar,konservativ ko„rsatmalar asosida shakllangan nazariy 
kriteriylari zamonaviy o„zbek adabiyoti namunalarida ham muayyan darajada o„z aksini topgan. 
Xususan, Abdulla Qodiriy, Cho„lpon va Oybek romanlarida psixologik tasvirning nisbatan 
anʼanaviy – dialogik zidlov, chog„ishtirma, monologik tahlil shakllari, Abdulla Qahhorda adabiy 
qahramonning botin kolliziyasi, Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovlar nasrida real tarixiy 
vaziyat va inson botinining mushtarak badiiy tahlili, Murod Muhammad Do„st, Erkin Aʼzam va 
Ahmad Aʼzamlarda shaxs psixologiyasining difonik va polifonik tasvirlari, Nazar Eshonqul
Isajon Sultonlarda esa metaforizatsiyalashtirilgan psixologik tasvir tamoyillari ko„zga tashlanadi. 
Bularning barchasi zamonaviy o„zbek nasrida badiiy psixologizm tamoyillarining o„zgarib, 
rivojlanib borganini ko„rsatishi bilan bir qatorda, o„z adabiy muhiti doirasida badiiy psixologizm 
prinsiplariga sezilarli yangiliklar qo„shganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
 
Имомова Г. Психологик изтироблар: Руҳият тасвирида диалог ва монолог. – Тошкент.: 
“Ёзувчи”, 1992. 21 б.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin