Mubolag’a
Mubolag’a (tablig’) arabcha – “kattalashtirish”, “kuchaytirish” ma’nolarini ifodalaydi. She’r misralarida tasvirlanayotgan obrazning holati yoki xatti-haralatini haddan tashqari oshirib, kuchaytirib tasvirlash sharq mumtoz adabiyotida mubolag’a
deb yuritilsa, Yevropa adabiyotida giper bola deb yuritiladi. Ichki 3 ko’rinishi mavjud:
Tablig’ – aqlan ishonish va hayotda ro’y berishi mumkin bo’lgan mubolag’adir.
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha, uyqu kelmadi.
Oshiq mashuqasining kelaman deb va’da
berishini lekin kelmaganini, tongacha uxlamasdan kutganini aytayapti.
Ig’roq – mubolag’aning bu ko’rinishida holatga, hatti-harakatga aqlan ishonish mumkin, lekin hayotda ro’y berishi qiyin bo’lgan hodisadir. “Farhod va Shirin” dostonida Farhod loyga botib qolgan, Shirinni oti bilan ko’tarib, 2 kmgacha ko’tarib, olib boradi.
G’uluvv – mubolag’aning o’ta kuchli ko’rishini bo’lib, she’rda aqlan tasavvur qilib bo’lamaydigan va hayotda ro’y berishi mumkin bo’lmaydigan holatni tasvirlash.
Hajr sahrosidir ohim o’tidin,
Anda giyohi gul butmagan.
Izoh! Ayriliq sahrosida oshiq ohidin,
sahroda gul, giyoh bitmagan.
Ohimdin uchib havog’a, tog’lab,
Yer yuzi sarosar undi homun.
Shuni unutmaslik kerakki, xalq og’zaki ijodi namunalarida ya’ni qo’shiqlarda mubolag’adan mohirlik bilan foydalanilgan.
Ko’z yoshim daryo bo’lib, baliqlari yutsin seni.
Xalq dostonlarida bo’lgani singari “Alpomish” dostonida ham mubolag’adan, ayniqsa, g’uluvvdan mohirlik bilan foydalanilgan. Ko’kaldoshning tasviri shunday keltiriladi:
Oh ursa,
olamni buzar tovushi
To’qson molnning terisidan kovushin.
Qo’shquloq tasvirida: “Mo’ylovida sichqon bolalab yotibdi. Agar mushuk quvsa 2 oyda ham yetmaydi; -“ degan tasvir bor.