Irsolu masal
Arabcha so’z bo’lib, hikmat degan ma’noni anglatadi. She’r misralarida xalq maqollari va hikmatli gaplarini keltirib, fikr chiroyli bezash san’ati irsolu masaldir. Hatto maqol emas, xalqona iboralarni ham mohirona keltirish irsoli masalni tashkil etadi. Lutfiyning “Ayoqingga tushar” besh baytli g’azali irsolu masal san’ati asosida yozilgan:
Ayoqingga tusharki har lahza gisu,
Masaldurkim: charog’ tubi qorong’u
Tutarmen ko’zki, ko’rsam orazingni,
“Ki derlar: “Oqqan ariqqa oqar suv”
Lutfiyning yana bir g’azalida ibora juda mohirlik bilan keltirilgan:
Yerga kirsam koshki chun yetmas ul oyga ilik
Mushkul ahvol tushubdi yer qattig’u osmon yiroq.
Iqtibos
“O’zlashtirmoq” degan ma’noni anglatadi. She’r misralarida Qur’on oyatlari va hadislarni keltirishga iqtibos san’ati deyiladi.
A.Navoiyning “Arbain”, A.Oripovning “Haj daftari”dagi she’rlari iqtibos san’ati asosida yozilgan.
Onalarning oyog’i ostidadur, ravzan-yu jannat-u jinon bog’i,
Ravza bog’in visolin istar esang onalar oyog’i tufrog’i.
(Jannat onalar oyog’i ostidadur) hadis.
Yodda tuting! A.Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Farhodag ism qo’yish marosimini keltirib, qur’ondan oyatlar keltiradi.
Husni ta’lil
“Asoslamoq” degan ma’noni anglatadi.
Tamsildan farqi: 1-misrada keltirilgan voqea-hodisaga 2-misrada shoirona (mubolag’ali tarzda) dalil, isbot keltirildi.
Quyosh oydek yuzingning hijlatidin
Qochib to’rtinchi ko’k o’zga chiqibdur.
Yorning chiroyini ko’rgan quyosh uyalganidan qochib 4-osmonga qochadi.
Falak mehri bulutdin ko’zga cheklish pardai mushkin,
Magar boqib quyoshim yuziga ko’zi qamashibdur.
Izoh! Osmon quyoshi bulutdan ko’ziga parda tutib qo’yibdi, chunki, quyoshdin – yorimning yuziga qarab ko’zi qamashgan.
Tazmin
Arabcha so’z bo’lib, vir narsa orasiga 2-narsani qo’ymoq degan ma’noni anglatadi. Shoir o’zga bir shoirning g’azaliga bir misra yoki bir bayt olib, shu g’azalning vaznini qofiyalanishini saqlagan holda keyingi baytlarni yozadi. Mashrab o’zining
“Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma”
G’am shomi firoqingda qabob etdi falakni,
Ohi saharim xoxi inon xoxi inonma - tarzida boshlanuvchi g’azalining Lutfiyning quyidagi g’azalidan davom ettirgan.
Ruju’
Arabcha so’z bo’lib, qaytish degan ma’noni ifodalaydi. Shoir baytdagi bir misrada fikrini keltiradi, keyingisida esa shu fikridan qaytganday bo’lib, 1-fikridan ko’ra kuchliroq tarzda fikrini ifodalaydi.
Kishiga o’lshamas go’yo paridir
Pari yo’q oftobi hoariydur.
Iltifot
She’rda lirik qahramon shoir xuddi ikki shaxsga murojaat qilgandek, o’z-o’ziga murojaat qiladi.
Ey, Navoiy boda birla xurram et gulgil o’yin,
Ne uchunki, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.
O’ziga-o’zi murojaat qilyapti.
Laff va nashr
Arabcha yig’ish va yoyish degan ma’noni bildiradi. Shoir baytning birinchi misrasida o’ziga xos tuhunchalarni (ya’ni mashuqaning tasvirini) keltiradi, keyingi misrada esa mana shu tushunchalarni o’xshatib tahlil qiladi.
Bu orazu, zulfu qadru qomatki seningdur,
Dostları ilə paylaş: |