17.Baholash faoliyatini davlat tomonidan tartiblashtirish mazmun mohiyati, zarurati va iqtisodiyotdagi ahamiyati O'zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini va ushbu faoliyat turining davlat tomonidan boshqarilishini tartibga soluvchi(regulyativ) normativ-huquqiy hujjatlar ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1999 yil 19 avgustdagi Qarori bilan tasdiqlangan «Baholash faoliyati to'g’risida»gi Qonuni alohida o'rin tutadi. Unda baholash faoliyati, baholash ob'ektlari, baholash ob'ekti qiymatining turlari va ularni qo'llash sohalari tushunchalari bilan bog’liq masalalarning keng doirasi tartibga solingan.
Baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish hamda iqtisodiyotni isloh etishning tarkibiy qismi bo'lgan molmulk baholanishini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 iyunda qabul qilingan “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g’risida”gi 3764-sonli qarori bu borada muhim dastur bo'lmoqda. Ushbu qarorning maqsadi - mamalakatimizda baholash faoliyatini yanada rivojlantirish hamda baholovchi tashkilotlarga bo’lgan ishonchni oshirish va ular bilan yuzaga kelayotgan muammo, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralarni ishlab chiqishga qaratilgan.
18.Baholash faoliyati regulyativ mexanizmlari
Baholash standartlari o‘zaro bog‘liq norma va qoidalar majmuidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:
baholash tushunchalari va prinsiplarini;
baholash faoliyatida qo‘llaniladigan atamalar va ta’riflarni;
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.