Temperament tipi - insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi). xolerik – tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika va imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga ega, jadal emotsional ta’sirlanishga moyil odam; sangvinik – tez, harakatchan, barcha taassurotlarga emotsional javob beruvchi odam, uning hislari bevosita tashqi xulq-atvorida ifodalanadi, lekin ular kuchli emas, va bir-birini oson almashtiradi; melanxolik – emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin katta kuchga va davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi inson, u barchasiga ham munosabat bildirmaydi, agar bildirgudek bo‘lsa ham chuqur o‘ylaydi, o‘z hislarini u darajada namoyon qilmaydi; flegmatik – sust, mutanosib va xotirjam odam, uning emotsional ta’sirlanishi oson emas, va o‘zidan chiqarish qiyin, hislari tashqaridan deyarli namoyon bo‘lmaydi.
1.Xolerik - kuchli, qo’zg’alishi ustun bo’lgan nomutanosib, o’ta harakatchan tip. 2.Sangvinik – asab tizimining kuchli, mutanosib, harakatchan tipi.
3.Flegmatik – kuchli, mutanosib, harakatsiz tip.
4.Melanxolik - kuchsiz, nomutanosib va rigid tip.
Xarakter - shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi.
Ob’ektiv omillar o‘z ichiga asosan iqtisodiy omillarni olib, ular ma’lum bitimni tuzishda mulkning o‘rtacha qiymatini aniqlashga yordam beradi. Iqtisodiy omillar ham o‘z navbatida makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy omillarga bo‘linadi. Makroiqtisodiy omillarga soliqlar, ushlanmalar, inflyasiya darajasi, dollar kursi, mehnatga haq to‘lash darajasi va holati, ishsizlik darajasi, siyosiy, huquqiy va iqtisodiy risk darajalari va boshqalar misol bo‘la oladi. Mikroiqtisodiy omillarga esa biror bir mulkning ma’lum jihatlari va uning sotish, sotib olish va huquqiy jihatlarini tavsiflovchi omillar kiradi. Xususan, mikroiqtisodiy omillarga uning texnik takomillashuvi, ishonchlilik va sifatliligi, jismoniy va ma’naviy eskirish darajasi, ishlab chiqaruvchi brend va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.