Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Mulk va mulk ob’yektlari hayot siklining bosqichlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə16/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Baholash ishi savollar

27.Mulk va mulk ob’yektlari hayot siklining bosqichlari.
Mulk-odamlar tomonidan o`zlashtirilgan va egalik qilinadigan barcha narsalar.
Mulk ob’ektlari hayot siklining bosqichlari quyidagicha nomlanadi: loyiha oldi-loyihalash-tayyorlanishi-ekspluatatsiyai-tugatilishi.
1. Loyiha oldi (boshlang‘ich) bosqich o‘z ichiga quyidagilarni oladi: mulk bozorini tahlil qilish, mulk ob’ektini tanlash, loyiha strategiyasini shakllantirish, investitsiyaviy tahlil, boshlang‘ich-ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, investitsiyaviy kredit resurslarni jalb qilish.
2. Loyihalash bosqichi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: moliyaviy sxemani ishlab chiqish, moliyalashtirishni tashkil qilish, muhandis-konstruktorlik guruhini tanlash, loyihalashni boshqarish. Ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki bosqich daromad keltirmaydi, chunki ular asoslovchi harakterga ega. Bu davrning asosiy vazifalari-mazkur bosqichlar muddati davomiyligini qisqartirish, mulk ob’ektlarining iste’mol sifatini oshirish va eng asosiysi-mulk ob’ekti hayoti davomiligining barcha bosqichlaridagi ekspluatatsiya qilish harajatlarni minimallashtirishdir.
3. Tayyorlanishi bosqichi pudratchini tanlash, tayyorlash ishlarini olib borishni muvofiqlashtirish, hamda tayyorlash sifatini, harajatlar smetasini va boshqa harajatlarni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda tayyorlanayotgan ob’ektni mulk bozori segmentining hayoti davomiyligini mantig‘i bilan asoslangan talablariga qay darajada mos kelishi haqida real dalillar paydo bo‘ladi. Bu bosqichda potensial iste’molchilar kapital qo‘yilmalari ulushini oshirish masalalari o‘z echimini topadi, chunki taklif va foyda hajmining o‘sishi bozor tomonidan faoliyatni yaxshi qabul qilinganligidan dalolat beradi.
4. Mulk ob’ektini ekspluatatsiya qilish bosqichi ob’ektlarni ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish va ta’mirlashlarni nazarda tutadi. Mulk ob’ektini ekspluatatsiyasi boshqarish tizimida ko‘p qirrali funksiya bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: mashina va uskunalari ekspluatatsiyasi, moddiy hisob, yong‘inga qarshi va xavfsizlik texnikasi, kommunikatsiyalar boshqaruvi, chiqindilar utilizatsiyasi va qayta ishlovi, ko‘chishlar, o‘zgarishlar va qayta tayyorlashlar, avariya holatlarni bartaraf qilish, ekspluatatsiya va joriy ta’mirlashni ta’minlash, jihozlash va ob’ektni qo‘riqlash.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin