Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə24/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Baholash ishi savollar

42. Ko‘chmas mulk tavsifi va tasnifi
Ko‘chmas mulk bu – erdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil topgan mulk. Ko‘chmas mulk o‘z ichiga er ustida yoki er ostida joylashgan va erga o‘rnatilgan moddiy mulklarni oladi. Ko‘chmas mulk tarkibiga qonun bo‘yicha – er maydonlari, uylar, zavodfabrikalar, qo‘rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo‘sh er uchastkalari va temir yo‘llar, chegaralangan suv ob’ektlari va er bilan bog‘liq barcha narsalar kiradi, ya’ni bunday ob’ektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, ularga zarar etkazmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Bular jumlasiga shuningdek o‘rmonlar, ko‘p yillik ekinlar, binolar kiradi.
Ingliz tili terminologik tarixi bo‘yicha quyidagi tushunchalar mavjud estate, property, real:
 estate - mulk, dala xovli. (pomeste, imenie, imuщestvo, sostoyanie)
 property - xususiy mulk, mulkdorlik xuquqi, sifat (sobstvennost, pravo sobstvennosti, svoystvo, kachestvo);
 real – xaqiqiy, real, mavjud, (deystvitelnыy, realnыy, nastoyashiy). Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi baholash ob’ektini belgilaydi va unga tavsif beradi. Bunda, baholash ob’ekti sifatida bo‘sh turgan (yaxshilanmagan) er uchastkasi yoki imorat solingan er uchastkasi (yaxshilashlardan iborat er uchastkasi) olinadi.
43. Baholash ob’ektining qiymati unga bo‘lgan mulkiy huquqlar.
Baholash ob’ektining qiymati unga bo‘lgan mulkiy (ashyoviy va majburiyatga oid) huquqlar, mazkur huquqlarga doir cheklashlar va ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishini hisobga olib aniqlanadi. Bunday huquqlarga quyidagilar kiradi:

  • to‘la mulkdorlik huquqi;

  • egalik qilish huquqi;

  • tasarruf etish huquqi;

  • foydalanish huquqi;

  • er uchastkasiga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi;

  • er uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi;

  • ijaraga olish huquqi;

  • servitut;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa huquqlar. Baholash shartnomasi shartlariga va baholash ob’ektining xususiyatlariga qarab to‘la mulkdorlik huquqini yoki ayrim mulkiy huquqlarni baholash belgilanishi mumkin.

Servitut (lot. servitus, servitutis — boʻysinuvchi holat) — oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Ushbu holat Oʻzbekitston Repulikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan tartibga solinadi. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

  • oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtishda;

  • oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazishda;

  • oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar * oʻtkazish va ulardan foydalanishda;

  • oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olishda;

mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtishda;

  • oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishda;

  • oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etishda.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin