Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə25/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Baholash ishi savollar

44. . Ko‘chmas mulk tasnifi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlari quyidagicha tasniflanishi mumkin.
Binolar (yashash uylaridan tashqari). Ishlash, xizmat ko‘rsatish va moddiy boyliklarni saqlash uchun mo‘ljallangan qurilish-arxitektura ob’ektlari kiradi. Asosiy konstruktiv qismlari devorlar va tomlar.
Qurilmalar. Bular tarkibiga, texnik funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan muxandislik-qurilma ob’ektlari (shaxtalar, neft qazish skvajinalari, yo‘llar, plotinnalar, estakadalar va b.) yoki axoliga xizmat ko‘rsatuvchi shaharni obodonlashtiruvchi qurilmalar.
Ko‘p yillik ko‘chatlar (daraxlar). Bular o‘z ichiga barcha turdagi sun’iy o‘stirilgan ko‘p yillik ko‘chatlarni oladi: mevali daraxtlar, dekorativ va ko‘klamlashtiruvchi ko‘chatlar.
Qurilishi tugallanmagan ob`yektlar. Bu guruxga belgilangan tartib bo‘yicha o‘z vaqtida ekspluatatsiyaga topshirilmagan ob’ektlar kiradi. Ko‘chmas mulkni baholash amaliyotida quyidagi ob’ektlarga farqlanadi, ish olib borilayotgan va ma’lum sabablarga ko‘ra ish jarayoni to‘xtatilgan ob’ektlar. SHunga asosan ikki turga bo‘linadi: konservatsiya va ish jarayonining to‘liq to‘xtatilishi. Qurilishni to‘xtatish bo‘yicha qarorlarni faqatgina buyurtmachi qabul qiladi. Qarorda konservatsiya yoki ishning to‘xtatilishi sabablari ko‘rsatilishi kerak, shuningdek: • konservatsiyada – vaqtinchalik qurilishi to‘xtatilayotgan ob’ektning, konservatsiya muddati, shartlari, tashkilot nomi, qurilgan ob’ektlarning o‘z xolatida saqlanib qolishi; • qurilishni batamom to‘xtatilishi – qurilgan ob’ektlar yoki ularning qismlarini likvidatsiya qilish tartibi, qurilish jarayoniga keltirilgan moddiy boyliklarni realizatsiyasi.
45.Ko`chmas mulk baholash qiymatini belgilovchi omillar.
Baholash qiymatini quyidagi omillar belgilaydi:

  • 1. Naf, daromad, foydalilikka bog‘liq haridor talabi;

  • 2. Hozirgi vaqtdagi va kelajakdagi naf, foydalilik, daromad;

  • 3. O‘xshash ob’ektlarni yaratish harajatlari;

  • 4. Kutilayotgan va kelajakdagi naf, daromad, foydalilikni olishdagi risklar;

  • 5. O‘xshash ob’ektlarga mulk bozorida bo‘lgan talab va taklif nisbati.

  • 6. YAngi mulkdor bo‘lgan haridorning mulkni tasarruf qilishi yoki unga egalik qilish darajasi;

  • 7. Baholanayotgan ko‘chmas mulk qiymatiga ta’sir qiluvchi likvidlik.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin