Baholash ishi fanidan savollar 1.Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvdir. Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan moddiy yoki moddiy manfaatlar to‘g‘risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to‘g‘risida o‘zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu yerda u o‘zining birinchi ma’nosi - yuridik fakt sifatida ko‘riladi va o‘rganiladi. Unda yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va harakatlarga bo‘lingan edi. Yuridik harakatlar, o‘z navbatida. huquq yo‘l qo‘ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar(shartnomalar)dan iboratligi ko‘rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlaming hammasi (oldi-sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo‘la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim deyilsa ham, ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo‘lmaydi. Shartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida shartnoma taraflarning xatti-harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo‘lganbo‘lmaganligini ham tekshirish imkoniyatini beradi. Shartnomaning maqsadi esa, har ikki taraf uchun umumiy bo‘lib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha ko‘rsatkichlarini bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat bo‘ladi. Binobarin, har ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni o‘zlarining burchlari deb biladilar. Baholovchi tashkilot va ular mijozlari o’rtasida xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlar O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida” 1998 yil 29 avgustdagi 670-1-sonli qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun va Fuqarolik kodeksi xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, xo’jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi