6.Xo‘jalik shartnomasi taraflari (baholovchi tashkilot va ularning buyurtmachilari) belgilangan huquqlari. Xo‘jalik shartnomasi taraflari (baholovchi tashkilot va ularning buyurtmachilari) belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi ma’lumotlarni to‘plash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Xo‘jalik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik shartnomasi taraflari: xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash; tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart. Xo‘jalik shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.
7. Shartnoma bo‘yicha nizolar va ularni hal qilish.
Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:
boshqa tarafga yetkazilgan zararni to‘laydi;
qonunchilik hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar bo‘ladi.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xo‘jalik shartnomalarini bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan - hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.