Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Baholash faoliyatining paydo bo`lish tarixi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə10/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Baholash ishi savollar

15. Baholash faoliyatining paydo bo`lish tarixi.
Dastlab baholash faoliyati Buyuk Britaniyada XIX asrning o'rtalarida 1861 yilda Buyuk Britaniya qiroli tomonidan syurveyrlarga (ingl. Surveyor - er o'lchovchi) kasbini o'zini-o'zi tartibga solish huquqi bilan berilgan vaqtda ularning kasbi doirasida paydo bo'ldi va qirollik charter syurveyrlar instituti tashkil etildi. Hozirgi vaqtda bu tashkilot ko'chmas mulk bilan bog’liq mutaxassislarni (arxitektor, ko'chmas mulk bilan operatsiyalar bo'yicha agentlar, baholovchilar va h.k.) birlashtiruvchi jahondagi eng yirik kasbiy tashkilot hisoblanadi va o'z safiga 15 jahonning 100 ta mamlakatidan 70 mingdan ziyod a'zoni jamlagan. Qirollik charter syurveyrlar instituti (The Royal Institution of Chartered Surveyors - RICS)ga a'zo darajasini olish uchun RICS tomonidan akkreditatsiyalangan universitetlarning birida ko'chmas mulk sohasida universitet ma'lumotiga ega bo'lish va RICS a'zosi rahbarligida firmada kamida ikki yillik stajirovkani o'tash talab etiladi. Baholash faoliyati kasbiy o'zini-o'zi tartibga solishning rivojlangan tizimi AQShda ham mavjud bo'lib u erda 1930 yillarning o'rtasidan boshlab baholash instituti faoliyat ko'rsatadi va u hozirgi vaqtda o'z safida 15 mingdan ortiq a'zoni birlashtiradi. Shuningdek Amerika baholovchilar jamiyati - o'z safida 6 mingdan ortiq a'zoni shu jumladan biznes, mashinalar va jihozlar, zargarlik buyumlarining baholovchilarini o'z safida birlashtiradi.
16.Baholash va baholash faoliyatining mazmuni.
Baholash (otsenka, appraise, estimation, valuation, mark) so'zi bir necha ma'noni - narxni aniqlash (baholash), qiymatni belgilash (baholash), naflik va qimmatlilik darajasiga baho berish, miqdorni baholash, nimanidir sifati yoki qadr qimmati to'g’risida xulosa chiqarish jarayoni - ma'nolarni anglatadi. Baho atamasi baholashning sharti va maqsadi mazmuniga qarab bir necha ma'noni - baholash doirasidagi harakatni, qiymat haqidagi xulosani yohud tadqiqot natijalari bo'yicha xulosalarni - anglatishi mumkin. Baholash faoliyati deganda baholovchining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) baholash ob'ekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatidir.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin