Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə18/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Baholash ishi savollar

Ekspertizaning vazifasi, yuqorida aytib o‘tilganidek, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi axborotni mukammal darajada bo‘lishini hamda ko‘chmas mulkni baholash jarayonining axboroti mukammaligini ta’minlanishidan iborat.
Huquqiy ekspertizaning xususiyatlaridan biri bu ko‘chmas mulk obyektlariga (KMO) egalik qilish hujjatlarni tekshirishdan iborat bo‘lib, obyektni sotib olishda hujjatlarning qonuniyligi, obyektning tozaligi aniqlanadi.

Texnik ekspertizaning mohiyati ko’chmas mulk obyektini mukammal o‘rganish, unga taalluqli bo‘lgan texnik-loyihaviy hujjatlari va texnik holatini xulosasining rasmiylashtiruvchi hujjatlar, shuningdek, tayanch va mustahkamligi, issiq va tovush o‘tkazuvchanligining xossalari, yemirilish darajasi va hk

Joylashuv ekspertizasining mohiyati, shaharsozlik hujjatlarini o‘rganishdan iborat, shuningdek, ko’chmas mulk obyektiga taalluqli bo‘lgan obyektning joylashgan joyining funksional vazifasi, materiallarning marketing tadqiqoti va boshqa tadqiqotlar va xulosalarni rasmiylashtiruvidan iborat.

Iqtisodiy ekspertizaning mohiyati shundan iboratki, ko’chmas mulk obyektidan aniq va taxminiy (kutilayotgan) ko‘rsatkichlarni xarakterlab, retrospektiv va perspektiv hisob-kitob ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qiladi va ular asosida ko‘chmas mulkdan taxminiy iqtisodiy samaradorligidan foydalanishni professional xulosa chiqaradi, shuningdek, vositalar qaytimi, ushbu obyektning egalik qilishga ketgan xarajatlarini hisobga oladi.

Ekologik ekspertiza ko’chmas mulk obyekti bo‘yicha loyihaviy hujjatlarni o‘rganishdan iborat bo‘lib, real jarayon tadqiqoti, uning funksional faoliyati va bu asosda real va potensial xavf to‘g‘risida professional xulosalarning rasmiylashuvi, ya’ni obyekt atrof-muhit uchun xavf tug‘dirishi mumkin yoki xavf tug‘dirayotgani (ekspertizaning endogen yo‘nalishi) va mulkdorning o‘zi uchun (ekspertizaning ekzogen yo‘nalishi), ishlab chiqarish yoki xo‘jalik faoliyatidan chiqayotgan chiqindilar atmosferaga tarqalishi, suv omborlariga chiqindilar chiqishi, turli xil zararli narsalar chiqishi, ko‘rilayotgan obyekt ekspluatatsiyasining mosligi, shuningdek boshqa turdagi chiqindilar, bunday xavfni kamaytirish uchun takliflar ishlab chiqilishi, obyektning faoliyati boshlanmasdan oldin ularni hal etilishi ko‘zda tutiladi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin