Zargarlik mahsulotlari – qimmatbaho metallar va ularning qotishmalaridan badiiy qayta ishlashning har xil turlaridan foydalangan holda,qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari va bezakli toshlardan va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqadigan boshqa materiallardan tayyorlangan turli xil buyumlar, maishiy buyumlar, diniy narsalar va dekorativ maqsadlar uchun, shuningdek turli marosimlar, shuningdek xotira esdaliklari, yubiley va boshqa belgilar va medallar uchun tayyorlangan mahsulotlar:
Zargarlik galantereya mahsulotlari – qimmatbaho metallar bilan qoplangan, rangli, yarim qimmatbaho, sintetik toshlar va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqadigan boshqa materiallar yoki ularsiz qimmatbaho bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan, turli zeb-ziynatlar, maishiy buyumlar, diniy narsalar va dekorativ maqsadlar uun, turli urf-odatlarni va marosimlarni bajarish uchun qo‘llanadigan mahsulotlar
Metall galantereya mahsulotlari - rangli, yarim qimmatbaho, sintetik toshlar va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqadigan boshqa materiallar yoki ularsiz qimmatbaho bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan, turli zeb-ziynatlar, maishiy buyumlar, diniy narsalar va dekorativ maqsadlar uun, turli urf-odatlarni va marosimlarni bajarish uchun qo‘llanadigan mahsulotlar.
35.Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarning asosiy xususiyatlari.
Baholash tashkilotlari tomonidan inobatga olinadigan asosiy tomonlardan biri - zargarlik toshlarining ichki xususiyatlaridir. Bu borada ko‘pincha qimmatbaho toshlarni lupa yordamida ko‘rib chiqishda qora nuqtalar, kichik yoriqlar, pufakchalar va strukturali har xilliklar, turli rangdagi qismlar kabi ichki tavsiflarni qayd etish mumkin bo‘ladi. Ichki xususiyatlari va ularning tavsiflar toshning tozaligini belgilab beradi.
36. Qimmatbaho metall qotishmalarini tarkibi va texnologik asoslari.
Qimmatbaho metall qotishmalarini tarkibi va texnologik asoslari bilan ajratish mumkin. Qotishmada qimmatbaho metall miqdori proba deb ataladi. Proba bu – qotishma massasining ming birligiga nisbatan ulushlarda o‘lchangan qimmatbaho metallning minimal miqdoridir. Proba har bir zargarlik qotishmasiga beriladi. Quyidagi probalar belgilangan:
- oltin uchun - 999, 958, 750, 585, 500 va 375,
- kumush uchun - 999, 960, 925,875,830, 800,
- Platina uchun 950, 900, 850,
-palladiy uchun 850 va 500.
Dunyo amaliyotida qimmatbaho metallar probasining to‘rtta tizimi - metrik, zolotnik, lot va karat usuli amal qiladi. Tizimlarning har biri og‘irlik uchun muayyan o‘lchov birligiga bog‘liq va o‘z raqamli belgilariga ega.
Dostları ilə paylaş: |