Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə22/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Baholash ishi savollar

Zolotnik proba tizimi rasman Rossiyada 1711 yil kumush qotishmalar uchun, 1733 yil esa – oltin qotishmalar uchun joriy qilingan.
37.Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashning“4-S” tamoyili.
Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni birlamchi hujjat asosida qiymatini hisob-kitob qilishda ularning asosiy ko’rsatkichlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, zargarlik toshlarini baholashga ta’sir qiladigan asosiy ko’rsatkichlar toshning rangi, toshning tozaligi, toshning qirralanishi va karat shaklida ifodalangan massasi hisoblanadi. Bu borada ularni baholash tamoyili 4 ta omilni o’zida mujassam etishi bilan ahamiyatlidir. Bu omillarning har biri “S” kategoriyali baholash omillaridan birini bildiradi, ya’ni
Colour – toshning rangi – rangli zargarlik toshini baholashga ta’sir etadigan asosiy omil; Clarity – toshning tozaligi (toshning ichki tavsiflardan erkinlik darajasi);
Cut – toshning qirralanishi (shakli, qirralanish turi, proportsiyasi, shuningdek, sifati (simmetriya, sayqallash va h.k.);
Carat weight – toshning karatdagi vazni (1 karat 0,2 grammga teng).
38. Zargarlik mahsulotlari baholashda foydlaniladigan baholash yondashuvlari


39. Zargarlik toshi yoki toshlar to’plami qiymatini baholash uchun zarur hujjatlar.
Zargarlik toshi yoki toshlar to’plami qiymatini baholash uchun quyidagi hujjatlar zarur:
1. Buyurtmachi bilan baholovchi o’rtasida baholash ishlarini bajarish uchun shartnoma. Shartnoma baholash obyektining aniq tavsifini o’z ichiga olishi kerak.
2. Agar mavjud bo’lsa, baholash obyektiga nisbatan huquqlar to’g’risidagi hujjat.
3. Yuridik shaxsga tegishli obyektlarga nisbatan baholash Ob’ektining balans qiymati to’g’risidagi ma’lumot.
4. Baholash obyektining sifat va son ko’rsatkichlarini belgilovchi ekspert gemologik xulosa. Xulosa quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

      • zargarlik toshining nomi;

      • zargarlik toshining fotosurati;

      • zargarlik toshining vazni;

      • zargarlik toshining ko’rsatkichlari – o’lchami, ishlov berish shakli. Agar baholash obyekti zargarlik toshlari xom ashyosini ifodalaydigan bo’lsa, ularning soni, o’lchami va kristallar shakli ko’rsatiladi;

      • zargarlik toshining tabiati haqida ma’lumotlar (tabiiy tosh, ishlov berilgan tosh, sun’iy tosh), uning diagnostika belgilari;

      • agar baholash obyekti sun’iy material bo’lsa, sun’iy zargarlik toshini sintez qilish usuli ko’rsatilishi kerak (maqsadga muvofiq);

      • agar baholash obyekti qayta ishlangan bo’lsa, qayta ishlash usulini ko’rsatish kerak.

40. Brilliantlarni ekspertizadan o’tkazish va baholash asoslari.
“Brilliant” frantsuzcha so’z bo’lib, o’zbek tilda “yorqin”, “nur taratuvchi”, “jilvalanuvchi” ma’nolarini anglatadi. 17 tadan kam bo’lmagan taroshlangan qirralari bor, sayqal va ishlov berilgan tabiiy olmosga nisbatan ishlatiladi. Brilliantning baholash mezonlarini aniqlashdan avval uni identifikatsiyadan o’tkazib, tabiiy, yaxshilangan yoki sintetik ekanligini bilib olish lozim.
Brilliantlarni ekspertizadan o’tkazish va baholash jarayonlari esa bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan, izchil ravishda amalga oshiriladigan bir nechta bosqichdan iborat.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin