Birinchi bosqichda toshlarning taroshlanish shakli, turi, qirralari soni hamda taroshlash sifati aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda toshlarning jami soni, ularning qimmatbaho toshlarni, brilliantlarni tortishda qo’llaniladigan karat o’lchov birligidagi umumiy vazni aniqlanadi. Buyumlarga o’rnatilmagan toshlarning vazni 0,001 karat aniqlik o’lchoviga ega elektron tarozi vositasida aniqlanadi, o’rnatilgan toshlar vazni esa o’ziga xos formulalar yordamida hisoblab chiqariladi. Buyumga o’rnatilgan brilliantlar aksariyat hollarda maxsus asbob – karatomer yoki leviridj yordamida o’lchanadi.
Uchinchi bosqichda brilliantlarning rang guruhi belgilanadi. Bu ish D55 – D65 yorug’lik xarakteristikasiga ega standart sun’iy yorug’lik manbasi tarqatish lampasi yordamida, neytral oq fonda etalon brilliantlarga qiyoslash orqali ko’rish qobiliyati me’yorida bo’lgan yuqori malakali mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Brilliantlar rangi maxsus qog’oz vositasida tekshiriladi. Tekshirish o’tkazilayotgan xona to’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanishi, devorlari och kulrang tusda, baholovchining ust-boshi neytral rangda bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tosh yon tomondan maxsus qog’ozning nishabiga yotqizilgan holda ko’zdan kechiriladi.
To’rtinchi bosqichda brilliantning tozalik guruhi aniqlanadi. Bu ish 10x lupasi hamda D55 – D65 yorug’lik xarakteristikasiga ega standart sun’iy yorug’lik manbasi tarqatish lampasi yordamida ko’rish qobiliyati me’yorida bo’lgan yoki ko’rish qobiliyati optik ko’zoynaklar vositasida me’yorga keltirilgan yuqori malakali mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
Karatomer-qimmatbaho toshni o`lchovchi asbob.
Leviridj-qimmatbaho toshni o`lchovchi asbob. 41. Ko‘chmas mulk qiymatini baholashning mazmuni va maqsadi. Baholash tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, mulkni, ya’ni bino va inshootlarni, mashina va uskunalarni, transport vositalarini va qolaversa, insonning salohiyatidan tortib, er yuzidagi barcha – jamiki narsalarga baho berishdan iboratdir. Baholash faoliyatida, ko‘chmas mulkni baholash, uning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, baholash faoliyati ketma-ketligi, unga tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlar haqida gap yuritiladi.
Baholash faoliyatini amalga oshirishda - baholash sertifikatiga ega, malakali baholovchi va shu bilan birga baholash faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ham ega bo‘lishini talab qiladi.
Ko‘chmas mulkni baholash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: