45. Sun’iy qurilishlar (ko‘chmas mulk ob’ektlari) ni yer bilan bog‘liq bo‘lmagan ob’ektlardan farqlash imkonini beruvchi belgilari. Tarkibiy qismi sifatida er uchastkasiga ega bo‘lgan barcha Sun’iy qurilishlar (ko‘chmas mulk ob’ektlari) ularni yer bilan bog‘liq bo‘lmagan ob’ektlardan farqlash imkonini beruvchi belgilarga ega: 1. Statsionarlik, muqimlik, qo‘zgalmaslik-bu belgilar ko‘chmas mulk ob’ektining yer bilan mustahkam jismoniy bog‘liqlikni va kelajakda foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiruvchi jismoniy tugatmasdan turib va shikastlanishlarsiz bo‘shliqda harakatlanmasligini ifodalaydi.
2. Moddiylik-ko‘chmas mulk ob’ekti doimo natural-jism va qiymat shakllarida xarakat qiladi. Ko‘chmas mulk ob’ektining jismoniy tavsiflari uning o‘lchamlari va shakli, noqulayliklari va xavf-hatar, atrof-muhit, kelish yo‘llari, kommunal xizmatlar, er usti va osti qatlamlari, landshaft va h.k.lar haqidagi ma’lumotlarni qamrab oladi. Bu tavsiflar yig‘indisi ko‘chmas mulk ob’ekti qiymatining asosini tashkil qiluvchi ob’ektning jismoniy foydaliligini ko‘rsatadi. Ammo, foydalilik o‘zicha qiymatni belgilamaydi.
3. Ko‘chmas mulk ob’ektlarining umrboqiyligi qimmatbaho toshlar va noyob metallardan ishlangan buyumlardan tashqari, deyarli, barcha boshqa mahsulotlarning hayoti davridan uzoqroqdir. Misol uchun, O‘zbekistonning amaldagi shaharsozlik asosiy konstruksiyalari (poydevor, tayanch devorlar, tom va qavatlar orasi yopmalari) ning materialiga qarab turar joy binolarining me’yoriy xizmat qilish muddatlari 15 yildan 150 yilgacha bo‘lgan 6 guruhga bo’linadi.
46. Ko‘chmas mulk ob’ektlarini o‘rganishda hududiy jihatdan ularning tarkibiy qismlari. Ko‘chmas mulk ob’ektlarini o‘rganishda hududiy jihatdan ular tarkibidagi ikki guruhga ajraluvchi ob’ektlarni alohida olib o‘rganish mumkin:
1. Tabiiy obyektlar - y er uchastkalari, o ‘rmon v a k o ‘p y illik o ‘simliklar, maxsus suv obyektlari va yer osti boyliklari mavjud hududlar. Shuningdek, ularni “tabiatan ko‘chmas m ulk” deb ham atashadi.