31. Ko‘chmas mulk davlat kadastrining mazmuni, zarurligi, ahamiyati. Ko‘chmas mulklar – bu ko‘chirib bo‘lmaydigan, faqatgina mavjud bo‘lgan joyidagina foydalanish mumkin bo‘ladigan mulklar tushuniladi, ko‘chmas mulklar – bu o‘zlarining qiymatlariga teng sarf – xarajatlar evaziga ko‘chilishi mumkin bo‘ladigan mulklaridir. Bularga asosan yer, bino va inshootlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, o‘rmonlar va yer osti qazilma boyliklari kiritiladi. Aynan ushbu mulklarni huquqiy holatini davlat tomonidan tartibga solib turish, ularni miqdoriy va sifat hisobini yuritish, qiymatini baholash hamda shunday ma’lumotlar bilan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni ta’minlash maqsadida ko‘chmas mulk kadastri yuritiladi.
“Kadastr” so‘zi yunoncha “katastichon” so’zidan fransuz tiliga “kadastre” shaklida o‘tgan bo‘lib, o’zbek tiliga aynan tarjima qilinsa varaq, mol-mulk daftari yoki mulkiy daftar ma’nosini bildiradi.
Kadastr deb, muayyan obyekt (yer, suv, bino va inshoatlar yoki boshqa.) haqida davriy yo uzliksiz ravishda kuzatish orqali tuziladigan va tartibga solib turiladigan ma’lumotlar to’plamiga aytiladi.
Yer kadastri: Yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar yig‘indisi. U kitob tarzida, kartoteka yoki ma’lumotlarning tizimi tarzida tuzilgan. Yer kadastri, yer uchastkalarini tartib raqamlari, tavsifi, yer egalari haqida ma’lumotlar to‘plangan bo‘ladi. Ko‘chmas mulk kadastri: Barcha yuridik idoralar va jismoniy shaxslarga mansub bo‘lgan binolar va inshoatlar davlat hisobiga olinib, kadastr ro’yxatga kiritiladi. Ko‘chmas mulk kadastri yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Shahar kadastri: Shahar hududida mavjud bo‘lgan obyektlarnng huquqiy, xo‘jalik, tabiiy va iqtisodiy holati haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. U shaharning rivojlanishini va kunlik faoliyatini ta’minlaydi va shahar muhitining vaqt o‘tishi bilan yuz berayotgan o’zgarishlarni hisobga oladi. Yuridik kadastri: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkni huquq haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan va bu huquqlarni ro’yxatdan o‘tkazishni ta’minlaydigan axborot tizimiga yuridik kadastr deyiladi.