28. Mulk bozori va undagi o’zgarishlar Mulk bozori deganda, mashina, asbob-uskunalar va transport vositalari almashuvi sohasi tushuniladi, unda oldi-sotdi jarayoni bilan bog‘liq munosabatlar yuzaga keladi va amalga oshiriladi. Ushbu bozor ma’lum bir mexanizmlar to‘plami bo‘lib, ular yordamida mulkka bo‘lgan huquq va u bilan bog‘liq manfaatlar bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tadi, narxlar belgilanadi va mulkdan foydalanishning turli raqobatlashuvchi variantlari o‘rtasida kenglik taqsimlanadi.
Sotiladigan va xarid qilinadigan ob’ektlariga qarab mulk bozori birlamchi va ikkilamchi bozorlarga bo‘linadi.
Birlamchi bozor – mulk tovar sifatida birinchi bor bozorga to‘shadigan iqtisodiy vaziyat.
Ikkilamchi bozor - mulkning ilgari iste’molda bo‘lgan va ma’lum bir mulkdorga - jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan tovar sifatida bozorga taqdim etilishi.
29. Mulk qiymatini baholashda hisobga olinadigan risklar Mulk bozorining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda nisbatan yuqori darajadagi riskning mavjudligi hisoblanadi. Risk - bu daromadlar olishning yoki olmaslikning noaniqligidir.
Mulkka investitsiya qilishda boshqarilmaydigan risk manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Mulkning past darajadagi likvidliligi;
Mulk bilan bo‘ladigan bitimlarni muvofiqlashtiruvchi qonunchilikdagi noaniqliklar;
Bandlik va aholi to‘lovga qobiliyatini o‘zgarishi an’analari va h.k.
Kovariatsiya (COV) – daromad birligiga to‘g‘ri keladigan risk kabi aniqlanadigan riskning nisbiy o‘lchovi.
30. Mulk ekspertizasining mazmuni, zarurati, turlari va ahamiyati. “Ekspertiza”deganda mukammal tekshiruv, tadqiqot, puxta izlanish tushunilib, u obyektning xususiyati, kamchiligi, nuqsonlari, ustunliklari va xislatlari, shuningdek, ularning kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llari, xususiyatlarini yanada yaxshilash, mulkdorlarni qiziqtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan va bularning asosida professional natijalarni rasmiylashtirish kiradi.