Baholash ishi



Yüklə 363,46 Kb.
səhifə2/10
tarix27.02.2023
ölçüsü363,46 Kb.
#85844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduqosimova Gulnoza-Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Investitsion loyihalarning iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolini mazmun-mohiyatini ochib berish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, unga oid nazariy qarashlar, bilimlarni o’rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda bularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalargaga ega bo’lish.
Kurs ishi vazifalari:

  • Investitsion loyiha tushunchasi va uning tasnifi haqida tushunchaga ega bo’lish.

  • Investitsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlari: investitsiyadan oldingi bosqich, investitsiya bosqichi, ekspluatatsiya bosqichi to’g’risidagi bilimlarni o’rganish.

  • Investitsion loyihalarni tahlil qilish usullari to’g’risidagi mavjud bilimlarni tizimlashtirish.

  • Inflyatsiya va tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish haqidagi bilimlarga ega bo’lish.

Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishi obyekti bo`lib, O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashda xarajatlarni tahlil qilish siyosati hisoblanadi. Kurs ishi predmeti esa, O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalaridagi xarajatlarning tarkibi hamda ularni kamaytirish chora-tadbirlaridir.
Kurs ishi kirish, to’rtta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.


  1. Investitsion loyiha tushunchasi va uning tasnifi.

Makro va mikro ko’lamda iqtisodiyotni rivojlantirishni investitsiyalarsiz tasavur qilib bo’lmaydi. Investitsiyalar deganda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turgan quvvatlarni saqlab turish va rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, foyda olish hamda (atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish kabi) boshqa yakuniy natijalar olish maqsadida turli dasturlar yoki alohida tadbirga (loyiha)larga sarflanadigan mablag’ tushuniladi. Investitsiyalar o’z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan pul mablag’lari, shuningdek, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar, boshqa qimmatbaho qog’ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday boshqa mulk va mulk huquqlarini hamda intelektual boyliklarni oladi.
Demak, investitsiya tushunchasi «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ta’rif berilganidek, iqtisodiy yoki boshqa faoliyat obyektiga sarf qilinadigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularni tasarruf qilish huquqini ifodalaydi. Moliyaviy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar daromad olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga sarflanadigan barcha turdagi aktivlardir (vositalardir).
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, investitsiyalar asosiy va aylanma kapitalni yaratish, kengaytirish yoki rekonstruktsiya qilish va qayta qurollantirish uchun qilinadigan xarajatlardir.
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi uch shakli o’zaro farqlanadi:
• fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar;
• pul aktivlariga qilingan investitsiyalar;
• nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar.
Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari, ya’ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.
Pul aktivlari deganda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar anglashiladi.
Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, litsenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo’ladigan boyliklardir.
Qimmatbaho qog’ozlarga qilinadigan investitsiyalar «portfel’ investitsiyalari», fizik aktivlariga qilinadigan investitsiyalar esa real investitsiyalar, deb ataladi.
Real aktivlarga qilinayotgan investiyalarni tayyorlash va tahlil qilish asosan firmaning maqsadlariga, ya’ni investitsiya yordamida firma nimaga erishmoqchi ekanligiga bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun sarf qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarini almashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarf qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun sarf qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.
IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun sarf qilinadigan investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan.
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval m a’lum bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkal xavfi eng yuqori bo’lgan investitsiyalardir.
Investitsiyalar, shuningdek, manbalariga ko’ra, ichki va tashqi investitsiyalarga bo’linadi. Ichki investitsiyalar manbalari davlat byudjeti, korxonalar va aholi mablag’lari, bank kreditlari hamda nobyudjet jamg’armalari mablag’lari, tashqi investitsiyalar manbalari bo’lib xorijiy davlatlar va firmalarning, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlarining mablag’lari hisoblanadi. Investitsiyalarni manbalariga ko’ra bunday guruhlash ularning manbalari bo’yicha tuzilishini ham belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy tahlil maqsadlarida va amaliyotda Investitsiyalarning manbalariga ko’ra tuzilishi bilan birga ularning tarmoq tuzilishi, hududiy tuzilishi, mulkchilik shakllariga ko’ra tuzilishi, takror ishlab chiqarish tuzilishi va texnologik tuzilishi farqlanadi.
Investitsiyalarning tarmoq (hududiy) tuzilishi alohida tarmoq (hudud)ning ma’lum davrda qilingan investitsiya sarflaridagi ulushini ko’rsatsa, mulkchilik shakllariga ko’ra tuzilishi jami investitsiyalar manbai va sarfidagi davlat va nodavlat mulki obyektlarining hissasini ko’rsatadi.
Takror ishlab chiqarish tuzilishi yangi qurilish, ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va qayta qurollantirish maqsadlarida sarflangan Investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi ko’rinishida aniqlanadi.
Investitsiyalarning texnologik tuzilishi qurilish-montaj ishlari, uskuna va inventarlar hamda boshqa xarajatlar (loyiha-qidiruv ishlari, boshqaruv xarajatlari va hokazo)ga qilingan xarajatlarning jami investitsiya xarajatlaridagi ulushini ko’rsatadi. Investitsiyalar tuzilishini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga bog’liq.
Loyiha tushunchasi va tahliliga adabiyotlarda turlicha tariflar berilgan. Biz ulardan eng soddasini keltiramiz. Loyiha cheklangan vaqt davomida hamda belgilangan byudjet bilan oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi o’zaro bog’langan tadbirlar majmuidir.
Loyihaning asosiy elementlari quyidagilardir:
Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar o’zaro bog’langan:
• loyiha davri (bosqichi);
loyiha tahlili;
• loyiha menejmenti;
• loyihani moliyalashtirish.
Har bir loyihani belgilovchi 4 asosiy omil mavjud.


Yüklə 363,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin