Baholash ishi


Loyihalarning investitsiya oldi bosqichi.4



Yüklə 363,46 Kb.
səhifə5/10
tarix27.02.2023
ölçüsü363,46 Kb.
#85844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduqosimova Gulnoza-Kurs ishi

2-rasm. Loyihalarning investitsiya oldi bosqichi.4
Xalqaro tajribada turli sohadagi korxonalar uchun investitsiya konseptsiyalarini izlab topish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan dastlabki shart-sharoitlarning quyidagi tasnifi (klassifikatsiyasi) qabul qilingan:
- ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun zarur bo’lgan foydali qazilmalar resurslarining mavjudligi;
- qishloq xo’jaligining agrosanoat kompleksi doirasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan loyihalar doirasi hamda qishloq xo’jaligini rivojlantirish potentsialini belgilab beruvchi imkoniyatlari va an’analari;
- ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar ta’sirida yoki bozorda yangi tovar vujudga kelishi natijasida talab hajmi va tarkibida kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni baholash (Masalan, radiotexnikaning rivojlanishi gramplastinkalar ishlab chiqaruvchi korxona uchun investitsiya kontsepiyalarini yaratishda turtki bo’lib xizmat qiladi);
- import tuzilmasi va hajmi. Bu ko’rsatkichlar import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni yaratishga yo’naltirilgan loyihalarni vujudga keltirishga turtki bo’lishi mumkin;
- o’xshash resurslar va ijtimoiy-iqtisodiy darajaga ega bo’lgan davlatlarning ishlab chiqarish tuzilmasini rivojlantirish bo’yicha tajribalari va an’analari;
- milliy yoki jahon iqtisodiyoti doirasida iste’molchi tarmoqlarda yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojlar;
- iste’molchi tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalari to’g’risidagi yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga jahon bozorida talabning o’zgarishini xarakterlovchi axborotlar;
- yagona xom-ashyo bazasida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishning ma’lum va yangidan topilgan imkoniyatlari;
- ommaviy ishlab chiqarishdan iqtisodiy tejamkorlikka erishish maqsadida ishlab chiqarish ko’larnlarini kengaytirish;
- umumiqtisodiy shart-sharoitlar (masalan, hukumat tomonidan qulay investitsiya muhitining yaratilishi, milliy valyuta almashinuv kursining o’zgartirilishi natijasida eksport imkoniyatlarining yaxshilanishi va h.k.).
Yuqorida keltirilganlar loyihalarni investitsiyalash uchun umumiy shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu shart-sharoitlar hali loyihalarni tashkil etish uchun to’liq asos bo’la olmaydi. U yoki bu loyiha konseptsiyasining keyingi bosqichlarini davom ettirish yoki ettirmaslik uchun mutaxassislarning chuqur tahlili natijalari zarur bo’ladi. Moliyaviy manbalardagi axborotlar yetarli bo’lishiga qaramay, investor o’zicha biror-bir qarorga kelishdan xavfsiraydi. Bundan tashqari turli tahlillarga sarf etish uchun uning vaqti ham yo’q.
Shuning uchun investor har xil konsul’tantlarga murojaat etishni lozim ko’radi. Investitsiya bo’yicha konsul’tantlar - bular shunday shaxs yoki firmalarki, ularning asosiy vazifasi o’z mijozlariga mablag’larni qaysi loyihaga sarf etishni tavsiya etishdan iborat.
Loyihalarni birlamchi tayyorlash yo’nalishsining asosini biznes - reja tashkil etadi. Kichik loyihalar uchun biznes-reja birinchi darajali asoslovchi hujjat hisoblansada, katta loyihalarni tayyorlashda oraliq hujjat vazifasini o’taydi, xolos. Bunday biznes-rejasining vazifasi quyidagi savollarga javob topishdan iborat:

  • Investitsiya loyihasining konseptsiyasi loyiha ustida ishni davom ettirib, texnik-iqtisodiy va moliyaviy jihatdan foydali ekanligini baholash uchun hujjatlar tayyorlashga arziydigan darajada qiziqarli va foydalimi?

  • Bu konseptsiyada kelajakdagi muvaffaqiyat uchun hal qiluvchi o’ynaydigan, shu sababli alohida e’tibor bilan tadqiq qilinishi shart bo’lgan jihatlar bormi?

  • Biznes-reja investitsiya loyihalarini asoslaydigan, loyihalarning imkoniyatlarini belgilaydigan, daromad va xarajatlarni hisoblaydigan, mablag’ oqimini ko’rsatadigan muhim hujjatdir. Bu hujjat orqali loyihalar boshqariladi. Biznes - rejaning asosiy vazifasi loyihalarga tizimli baho berishdan iboratdir.

Biznes-reja iqtisodchi va ishbilarmonlarga quyidagi to’rtta asosiy masalani echishda yordam berishi kerak:
- bozor sig’imi va uni rivojlanish istiqbollarini o’rganishda;
- bu bozorga zarur bo’lgan mahsulotlarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni baholash va bu xarajatlarni tovarlarni sotish baholari bilan solishtirib, mo’ljallangan ishning foydaliligi darajasini aniqlashda;
- yangi biznesning birinchi yillarida bozorda kutilishi mumkin bo’lgan to’siqlarni aniqlashda;
- ish rivojlanayotganligi, yoki orqaga ketayotganligini doimiy baholab borish imkonini beruvchi signal-ko’rsatkichlarni aniqlash.
Biznes-reja istiqbol xarakterga ega bo’lib, uni kamida 3 yil yoki 5 yil oldinga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejada birinchi yil muhim ahamiyatga ega bo’lganligi uchun reja ko’rsatkichlari oylar bo’yicha, ikkinchi yili chorak (kvartal)lar bo’yicha, keyingi yillarda esa yilda bir marta ifoda etiladi. Biznes - reja ma’lum bir tuzilmaga ega bo’lishi kerak. Masalan, YUNIDO ma’lum otnom asida bu tuzilmada, qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni tahlil qilishga bag’ishlangan quyidagi bo’limlarni ajratib ko’rsatish tavsiya etilgan:
1. tovar ishlab chiqarish hajmi va tuzilmasi. Bozor sig’imini va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini baholash bu uchun asos bo’lib hisoblanadi;
2. mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurslar assortimenti va hajmi;
3. yangi ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish;
4. ishlab chiqarishni tashkil qilishning texnik asoslari: kelgusidagi texnologiyalar va ularni realizatsiya qilishni ta’minlovchi uskunalar parki tavsifi;
5. ishlab chiqarish, boshqaruv va savdo xodimlari ishini ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlar hajmi va tuzilmasi;
6. ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari ish faoliyatini tashkil qilish, shu jum ladan, mehnat haqi masalalari;
7. loyihani amalga oshirishni tashkiliy-huquqiy jihatdan ta’minlash, shu jumladan, yangi tashkil qilingan obyektlarning huquqiy maqomi;
8. loyihani moliyaviy ta’minlash, ya’ni zarur investitsiya summalari, taxminiy ishlab chiqarish xarajatlari, shuningdek, investitsiya resurslarini olish imkoniyatlarni hamda ulardan foydalanishning samaradorligini baholash.
Mahsulotlar realizatsiya qilinadigan bozor va raqobatni baholash biznes-rejada katta o’rin tutadi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotingiz nihoyatda sifatli, oxirgi texnika va texnologiya talablariga javob beradigan bo’lishining o’zi hali ijtimoiy natija emas. Eng muhimi, mahsulotingiz iste’molchiga kerakli bo’lishi va u realizatsiya qilinishi kerak. Shuning uchun bu bo’limning asosiy vazifasi sizning ishlab chiqaradigan mahsulotingiz o’z iste’molchisini topa olishi va raqobatga chidamliligiga investorni ishontira olishdan iboratdir.
Mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorlarni o’rganish davrida, ularni to’rt guruhga bo’ladilar:
- siz ishlab chiqaradigan mahsulotingizni iste’molchilar bilmaydigan bozorlar;
- ishlab chiqarmoqchi bo’lgan mahsulotingizni iste’molchilar biladigan, lekin sotib olmaydigan bozorlar;
- sizning raqobatchingiz mahsulotini sotib oladigan bozorlar;
- iste’m olchilar sizning mahsulotingizni sotib oladigan bozorlar.
Ana shu bozor turlari chuqur tahlil qilingandan keyin loyiha mahsulotini qayerda va necha so’mdan sotish kerakligi aniqlanadi.
Biznes - rejadan tashqari, agar investitsiya asosiy fondlarni kengaytirish yoki rekonstruktsiya qilishga sarf etilsa, unga smeta ham tuziladi.
Amaliyotda kichik biznes tadbirkorlari biznes reja tuzishga keng e’tibor bera boshladilar. Korporativ biznesda biznes reja boshqaruvning eng asosiy vositasi sifatida e’tirof etiladi. Shuning uchun ham biznes reja hamma uchun kerak: bankirlar, investorlar, kompaniya menejerlari va o’z istiqbollari va vazifalarini tushunib yetishni xohlagan xodimlar uchun biznes reja kerak. Asosan investorlar va hamkorlar o’z g’oyalarini puxta tahlil etishlari, ularning to’g’riligini tekshirishlari uchun biznes reja juda muhim. Biznes rejasiz tijorat faoliyati bilan shug’ullanishning umuman iloji yo’q, chunki muvaffaqiyatsizlik qaltisliklari juda yuqori bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida innovatsion, investitsion, ijtimoiy va boshqa turdagi loyihalarga investitsiya manbalarini aniqlashdan ko’ra eng avvalo pishiq va puxta ishlangan loyihalarni ishlab chiqarish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Investitsiya loyihalari uchun g’oyalarni qidirish va ular ichida maqbulini tanlab olish juda murakkab hamda mas’uliyatli vazifadir. Birinchidan, bu muammoni yechish uchun loyihani vujudga keltirishdan kim mafaatdor ekanligini bilish zarur. Agar bu loyiha ishlab turgan korxona uchun bo’lsa, unda investitsiya konseptsiyasi shu tarmoqda yig’ilgan tajriba, undagi xodimlarning malakasi, bozor muammolari ma’lum ma’noda belgilangan bo’ladi.



Yüklə 363,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin