O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Byudjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “BAHOLASH ISHI” fanidan KURS ISHI
Mavzu: Investitsion loyihalar tahlili
Bajardi: “Budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti, BBI-50 guruhi talabasi Abduqosimova Gulnoza Xilolitdinovna
Tekshirdi: Qosimova S.
RO’YXATGA OLINDI
“____” _______2023 y.
__________________
RO’YXATGA OLINDI
“____” _______2023 y.
__________________
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2023 y.
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.
Baho “_____” _________
___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
TOSHKENT 2023
REJA: KIRISH…………………………………………………………………….…....3 Investitsion loyiha tushunchasi va uning tasnifi.……………………………...6
Investitsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlari: investitsiyadan oldingi bosqich, investitsiya bosqichi, ekspluatatsiya bosqichi...................................12
Investitsion loyihalarni tahlil qilish usullari……………….………………...18
Inflyatsiya va tavakkalchilik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish.26
KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz amaliyotida investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhitijozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarishvositalarining o’zaro muvofiqligini ta’minlash hamda samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsiya loyihalarini samarali boshqaruvi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev: “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin”, - deya ta’kidlab o’tdilar.1 Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet-ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, Prezidentimiz 2023-yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasida quyidagicha fikrlar va takliflar berdi: “Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko’paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilaymiz. Biz so’nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishdik. Kelgusi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar bo’ladi. Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushiramiz va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanadi”.2 Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, asosan uzoq muddatga mo’ljallanganligi uchun ham uning kutilgan samara bilan amalga oshishi bir qator omillar bilan bog’liqdir. Shu sababli ham investitsiya loyihalari xarajatlarini tahlil qilishni to’g’ri tashkil qilish loyiha samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Investitsiya loyihalarini xarajatlar tahlili bilan bog’liq jarayonlarni o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish zarur.
Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga faol yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Natijada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib bormoqda. O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda.