32
stavkalar usuli, analogiya (o’xshatishlar) usuli, investitsiya risklarini ekspert
baholash usuli kabilarni kiritish mumkin.
Loyiha sezgirligini tahlil qilish usuli shunday usullar qatoriga kiradiki, bu
usulni qo’llash orqali loyiha hisob-kitoblari natijalarining
ishonchliligiga
erishish mumkin. Bu usul loyiha bo’yicha barcha risklarni baholamaydi, lekin
riskning eng kritik bo’lgan omillarini
aniqlab beradi hamda loyiha
samaradorligiga riskning potentsial ta’sirini baholashga imkon beradi. Loyiha
sezgirligi tahlili investitsiya loyihasining aniq bir parametri salbiy tomonga
qarab o’zgarganda (bunda loyihaning boshqa parametrlari o’zgarmas deb
olinganda), loyihaning foydaliligiga qanday ta’sir qilishini aniqlab beradi.
Loyiha sezgirligini tahlilining maqsadi
loyiha parametrlaridan biri
o’zgarganda loyiha samaradorligining qanchalik o’zgarishini baholashdan
iborat. Bu bog’liqlik qanchalik yuqori bo’lsa, loyiha riski shunchalik katta
bo’ladi, ya’ni bunda loyiha bo’yicha oldindan o’ylab qo’yilgan boshlang’ich
shart-sharoitlardan ozgina chekinilganda loyiha samaradorligiga qanchalik ta’sir
qilishi aniqlanadi.
Loyiha sezgirligi tahlili loyiha samaradorligiga eng ko’p ta’sir
etuvchi
omillarni aniqlashda qo’llaniladi.
Loyiha sezgirligi tahlilida loyiha parametrlaridan, ya’ni omillaridan biri
o’zgarganda (boshqa omillar o’zgarmay turganda)
aniq bir diapazondagi
variatsiyasi olinadi va bunda shu oraliq orasida olingan omilning yangi qiymati
asosida NPV yoki IRR hisoblanadi.
Omilning o’zgarish chegaralari loyihani ishlab chiquvchi ekspertlar
tomonidan aniqlanadi. YuNIDO uslubiyotiga asosan, omillarning o’zgarish
chegarasi quyidagicha belgilangan:
- investitsiyalar, sotish xajmi, ishlab chiqarish xarajatlari ±10%, ±20%.
- kredit bo’yicha foizlar ±10%, ±20%,±30%, ±40%.
- olingan ma’lumotlar asosida diagramma tuziladi.