25
Masalan, ba’zi risk garchi katta moddiy-moliyaviy
zarar keltirmasligi
mumkin, ammo investorning mintaqadagi yoki xalqaro nufuziga katta ma’naviy
zarar keltirishi mumkin.
Bunday risk pirovard natijada boshqa shakllardagi zararlarni, yo’qotishlarni
etaklab kelishi mumkin.
Investitsiya loyihasi risklarini tasnifini turli tizimlari mavjud. Umuman
esa, risklarni to’rt guruhga ajratgan holda quyidagicha tasniflash mumkin (7-
rasm).
Investitsiya risklarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.
1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski;
siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk;
texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski;
bankrotlik riski;
ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar.
2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli
risklar; uzoq muddatli risklar.
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng
bo’lgan zarar(foyda) ko’rish mumkin.
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi:
mumkin bo’lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar -
daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo’lgan soha deb hisoblanadi.
Undagi risklar ikkita katta guruhga bo’linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir
qimmatli kog’ozlar emas, balki butun bozor, uni
katta bir qismi risklarga
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra
ko’pchilik emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin.
26
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski;
siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularni majmuasi
uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki tarmoqning
qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik
riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga
asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi
risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: loyiha ishtirokchilari riski; loyiha
smeta qiymatining oshish riski; qurilishni o’z vaqtida tugamaslik riski; ish va
ob’ekt sifatining pastligi riski; konstruktsion
va texnik risklar; ishlab chiqarish
riski; boshqaruv riski; sotish riski; moliyaviy risk; mamlakat riski; ma’muriy
risk; huquqiy risk va fors-major riski.
Kapital qurilishda ishni tugatishning cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha
harajatlar kelib chiqadi: kredit bo’yicha qo’shimcha
foizlarni hisoblash,
narxlarning inflyatsiya natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining
oshishi kabi qo’shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk
natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va
kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar
to’xtashi mumkin. Kapital qurilish bilan bog’liq risklar quyidagi sabablardan
kelib chiqadi:
-
loyiha-smeta hujjatlaridagi xatolar tufayli;
-
mutaxassislar malakasi etarli bo’lmaganligi sababli;
-
fors-major holatlari;
-
qurilish materiallar, texnologik mahsulotlarning sifati pastligi sababli;
-
shartnoma shartlari buzilishi tufayli;
-
ta’minotning kechikishi tufayli va h.k.
Kelib chiqishi mumkin bo’lgan natijasiga bog’liq holda risklar ikkita katta
guruhga: sof va spekulyativ risklarga bo’linadi (Qarang: 1-ilova). Sof risklar
salbiy natijani olish imkonini anglatadi. Unga ekologik, siyosiy, tabiiy, trasport
va tijorat risklari (mulkiy,
ishlab chiqarish, savdo risklari) tegishlidir.
27
Spekulyativ risklar ijobiy kabi salbiy natijalarni olish imkoniyatida namoyon
bo’ladi, ular moliyaviy risklardan iboratdir. Ular:
- inflyatsion risklar - inflyatsiya o’sishi sharoitida pulli daromadlar
o’sishiga qaraganda tezroq baholanib turiladi;
- deflyatsion risklar - deflyatsiyaning o’sishi holatida baho darajasining
tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-
sharoitning yomonlashuvi sodir bo’ladi;
- valyuta risklari - bir valyutaning boshqasiga nisbati bo’yicha
kursning
o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotilishi xavfi sifatida o’zini namoyon qiladi;
- likvidlik risklari - qimmatli qog’ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va
iste’mol qiymatini baholashning o’zgarishidan ularni sotishdagi mumkin
bo’lgan yo’qotishlar bilan bog’liq bo’ladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan risk turlarining deyarli barchasi korxona
faoliyatiga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog’ida o’z ish
faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o’zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: