18
asoslangan koordinatalar usuli asosida algebraik vositalar bilan o’rganiladi.
Analitik usullarning asosiy g’oyasi R.Dekartning “Geometriya” (1637 y.)
kitobida birinchi marta to’la bayon etilgan. Tahlil qilishning analitik usullarining
taraqqiyotiga yana P.Verma, G.Leybnits, I.Nyuton, L.Eyler
katta hissa
qo’shganlar
18
.
Investitsiya risklarini tahlil qilishda analitik va sintetik so’zlari analiz va
sintez so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, yunoncha – “analysis” ajratish va
“synthesis” – birlashtirish, degan ma’nolarni anglatadi. Bu usullar investitsiya
risklarini baholash jarayonida ishlatiladigan, o’zaro chambarchas bog’langan
tekshirish usullaridir. Analitik fikran yoki amalda
narsa va hodisani tarkibiy
bo’laklarga bo’lish, sintez esa mazkur bo’laklarni fikran yoki amalda bir butun
qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Investitsiya risklarini
analitik usul bilan baholashda risklarni baholash usullarini tarkibiy qismlarga
ajratiladi. Lekin ushbu usul yordamidagina ularni to’la bilish mumkin emas,
binobarin uni sintez bilan to’ldirish zarur. Sintetik usul analitik usul natijalariga
tayangan holda baholash usullarini bir butun qilib birlashtiradi.
Investitsiya risklarini baholashning analitik va sintetik usullari o’zaro
bog’liq bo’lib, analitik usulsiz, sitetik usulni chuqur bilib bermaydi, binobarin,
investitsiya risklarini yaxlit tahlil qilish imkonini bermaydi. Ayni vaqtda sintez
vositasida yakunlanmagan analiz ham etarli emas. Investitsiya risklarini sintetik
usulda baholashning mohiyati shundaki, sintez oddiyroq
usullardan murakkab
usullarga qarab borishni, tahlil qilishni anglatadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini hal
etishda analitik va sintetik usullar asosiy o’rinni egallaydi. Bunday tahlil asosida
loyiha yuzasidan mumkin bo’lgan barcha yo’qotishlar o’rganilib, ularning oldini
olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish
choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki
barham toptirish va ular bilan bog’liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini
taklif etish uchun,
eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi
18
O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent. 2000. 304-bet.
19
omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb
nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo’ladi.
Analitik va sintetik usullarda risk tahlilining maqsadi investorga
investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi
to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo’lgan
moliyaviy
yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun
kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko’ra, risk tahlilini
loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga
muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari –
buyurtmachilar,
pudratchilar,
bank,
sug’urta
kompaniyalari,
lizing
kompaniyalari, mol etkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Analitik va sintetik usullar tahlili, odatda, bir-birini to’ldiruvchi ikki turga,
ya’ni:
-
risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish
bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko’zlovchi sifat tahlili;
- loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko’rsatkichlari orqali hisoblash
imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo’linadi.
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta’sir etuvchi risk
turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo’llashdan
iboratdir.
Analitik va sintetik usullar asosida risklarni baholash deganda risk
darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish
usullari turlicha bo’lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi.
Umuman olganda, risklarni
aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash -
miqdor tahliliga taalluqlidir.
Risk
tahlilining
ahamiyati
investitsiya
loyihasining
salohiyatli
ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish
haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan
izohlanadi.
20
Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi
omillarni (moddiy resurslarga bo’lgan narxning tebranishi, iqtisodiy o’sish va
kelgusida mahsulotga bo’lgan talabning o’sishi, inflyatsiya,
bank foiz
stavkasining o’zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy
siyosat, shu jumladan, soliq siyosati,
ekologik qonunchilik, tabiiy omillar va
boshq.) hamda ichki omillarni (loyihalashtirilayotgan ob’ektning qurilish
grafigi, joriy va ekspluatatsion harajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining
o’zlashtirilishi va boshq.) inobatga olish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: