14
esa, o’z
navbatida, kutilayotgan daromad darajasini ko’paytirish uchun usullar
salmog’i yanada ortib boradi”
7
.
Taniqli lug’atshunos S.Ojegovning rus tili lug’atida “risk – bu
muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa,
mashhur Vebstera lug’atida “risk – bu xavf, zarar yoki talofat ko’rish ehtimoli”
8
,
deb ifodalangan.
Professor V.Usoskin “risk doimo
noaniqlik bilan birga kelib, oxiri, o’z
navbatida oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan
bog’liq bo’ladi”, deya izohlaydi. E.Stoyanova fikricha: “risk – bu
rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko’rish
ehtimolidir”
9
.
Prof. Sh.Abdullaeva tadqiqotlarida “risk – xato, ikkilanish, noaniqlik,
mavhumlik va hokazolar deb talqin qilish xalqaro amaliyotga mos kelmasligi va
shu holatga yaqinlashgan holda “risk” “bank riski”, “kredit riski” deb
yuritilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi
10
.
A.O’lmasov, A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi”
darsligida
“tadbirkorlik riski – bu firmaning ko’zlagan maqsadiga erishish yo’lida u duch
keladigan iqtisodiy xavf-xatardir”
11
, deya talqin etilgan. Investitsiya
faoliyatining har qanday turi bilan shug’ullanish risk bilan bog’liqdirki, shu
boisdan riskning bu ko’rinishi tadbirkorlik riski deb ham ataladi.
Iqtisodchi-olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to’g’risidagi
qarashlari diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o’zbek tilidagi ayrim manbalarda
“tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g’ov” ma’nolarida tarjima
qilinayotgan bo’lsada, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining
7
Mirzaev F.I. Moliyaviy risklarning turlari, tasnifi, boshqarish va baholash usullari. – T.: “Moliya”, 2006. 10-
bet.
8
Севрук В.Т. Банковские риски. – М.: “Дело”, 1995. – Стр. 3
9
Mirzaev F.I. Moliyaviy risklarning turlari, tasnifi, boshqarish va baholash usullari. - T.: “Moliya”, 2006. 12-13-
betlar.
10
Abdullaeva Sh.Z. Bank risklari sharoitida tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiyalash. I.f.d. ilm.
dar. ol. uch. taq. et. diss. – T.: “BMA”, 2000. 63-70-betlar.
11
O’lmasov A., Vahobov A.. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: “Sharq”, 2006. 192-bet.
15
asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning
ko’zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi”
12
.
Riskni talqin qilishda i.f.d. M.Sharifxujaev, Yo.Abdullaevlarning
hammualliflikdagi “Menejment: 100 savol va javob”
kitobida ham mantiqiy,
ham lug’aviy ma’nodan kelib chiqib yondashilgan. Jumladan:
- xavf - biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar;
qo’rqinch;
- xatar - biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit;
xavf, tahlika;
- xavf-xatar - xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish
13
;
- tavakkalchilik - bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf
ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat;
- tavakkalchilik - bu resurs yoki daromaddan to’la yoxud qisman yo’qotish
xavfi;
- tavakkalchilik - bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer
uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi;
- tavakkalchilik - bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi
14
.
Risklar bo’yicha klassik va neoklassik nazariyaning
qiyosiy tahlili muhim
ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik foydasi tadqiqida klassik nazariya vakillari
Dj.Mill, I.Seniorlar tadbirkorlik daromadi tarkibida foiz (qo’yilgan kapitalga
ulush)ni, tadbirkorning ish haqini va risk uchun to’lov (tadbirkorlik faoliyati
bilan bog’liq riskni qoplash)ni ajratib ko’rsatishgan
15
.
Risk iqtisodiy kategoriya sifatida ma’lum funktsiyalarini
bajaradi va bu
uning mazmun-mohiyatini yanada oydinlashtiradi (2-rasm).
Risk funktsiyalari ko’rib chiqilayotgan paytda shuni esda saqlash lozimki,
risk o’z mohiyatiga ko’ra, nafaqat, zarar keltirishi mumkin, balki iqtisodiyotni
rag’batlantiruvchi xususiyatga ham egadir.
12
Malikov T., Olimjonov O. Moliyaviy menejment. – T.: “Akademiya”, 1999. 6, 26-betlar.
13
O’zbek tilining izohli lug’ati. II jild. – M.: “Rus tili” 1981. 310-319-betlar.
14
O’zbek tilining izohli lug’ati. II jild. – M.: “Rus tili” 1981. 414-bet.
15
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2007. 103-bet.