Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

1-rasm. Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 
ajratilgan investitsion kreditlar dinamikasi, mlrd. so’mda
5
 
Xullas, samarali investitsiya loyihalarini o’zlashtirish orqali rivojlangan 
bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga 
muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shimcha faoliyat va 
ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat 
hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining 
oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini 
oshirishga xizmat qiladi. 
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozining 
O’zbekistonda investitsion 
faoliyatga ta’siri va uning oqibatlarini oldini olish bo’yicha Prezidentimiz 
ko’rsatmalari asosida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida 
quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi va ushbu vazifalarning amalga 
oshirilishi inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Jumladan, 
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni 
yanada jadallashtirish, joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan 
hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi 
bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-
5
 http://cbu.uz. sayti ma’lumotlari. 
1500,0
2400,0
3250,0
4400,0
5760,0
7214,0
8547,0
10200,0
0,0
2000,0
4000,0
6000,0
8000,0
10000,0
12000,0
2008 yil
2009 yil
2010 yil
2011 yil
2012 yil
2013 yil
2014 yil
2015 yil


12 
tadbirlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 
xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha 
turdagi soliq va to’lovlardan ozod qilish muddatini uzaytirish, qat’iy tejamkorlik 
tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini 
kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini 
oshirish, jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda 
talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-
quvvatlash va h.k.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va 
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishni rivojlantiradi;
- import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning 
uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va 
pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini 
yaratadi; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan 
ta’minlaydi;
- korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik 
bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; 
- tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga 
ko’maklashadi va h.k. 
Xulosa qiladigan bo’lsak, birinchidan, iqtisodiyotni rivojlantirishda 
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash investitsiya faoliyati 
yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora 
qulaylashtirib borishni talab etadi, ikkinchidan, investitsiya faoliyatining 
samaradorligini oshirish uchun yuritilayotgan investitsiya siyosatining 
ustuvorligini ta’minlashda belgilangan investitsiya siyosati tamoyillarining 


13 
to’laqonli bajarilishiga erishish zarur, bu esa investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishning iqtisodiyotdagi ahamiyatini ta’minlashning barcha jihatlari 
samarasining yuzaga chiqishiga ko’maklashadi, uchinchidan, chet el 
investitsiyalarini jalb etish shakllaridan samarali foydalangan holda ularni 
iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash 
bilan O’zbekistonning porloq kelajagini ta’minlash va uning jahon iqtisodiy 
aloqalari tizimidagi o’rnini oshirishga erishish lozim. 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin