31
tomonidan tarmoqqa tegishliligi, ko’lami, tanlangan texnologiya, loyihani
amalga oshirayotgan mamlakat va boshqa loyihaning o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda aniqlanadi. Loyiha risklarining bir necha turlari mavjud.
Ularning hech birini ta’siri jihatidan ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo’lmaydi.
Loyiha risklari kichik bir texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan
tortib, to mamlakat, hatto, xalqaro miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning
o’zgarishiga bog’liq holda kelib chiqishi mumkin.
Risklarni aniqlash va boshqarish uchun uni keltirib chiqaruvchi tashqi
omillarni (moddiy resurslarga bo’lgan narxning tebranishi, iqtisodiy o’sish va
kelgusi mahsulotga bo’lgan talabning o’sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining
o’zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy siyosat, shu
jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiiy omillar va boshq.) hamda
ichki omillar (loyihalashtirilayotgan ob’ektning qurilish grafigi, joriy va
ekspluatatsion xarajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zlashtirilishi va
boshq.) inobatga olish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: