Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
 



KIRISH 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish
bozor munosabatlari taraqqiy etishini ta’minlash yo’lidagi islohotlar samarasini 
oshirish maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda investitsiya 
jarayonlarini takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning 
boisi shuki, investitsiyalar, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash asosida intensiv rivojlantirishni, innovatsiyalar 
joriy qilinishini va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omillardandir. Shu 
boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizni 
2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida: “Mamlakatimiz 
iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni 
jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq. 2015 yilda ana 
shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 
million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 
2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 
300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, 
shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir”
1
, deb ta’kidlab 
o’tdilar. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
juda katta risklilikni talab etadi-ki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va 
optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, bunda loyiha 
risklarini uning ishtirokchilari o’rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud 
bo’lishini ham ko’zda tutishi zarur. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, 
loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo’lgan risklarni baholash, 
tahlil etish eng dastlabki qadam bo’lib qolaveradi.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. http://uza.uz. 



Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog’liq 
bo’lib, har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelishi 
sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo’yicha 
tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim. Shundagina ular 
investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o’z hissalarini 
qo’shishlari mumkin. 
Bugungi kunda respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, 
ularni ekspertizadan o’tkazish, risklilik darajasini baholash borasida ko’pgina 
tajribalar to’plandi. Biroq, resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor 
infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal 
va barqaror emasligi, axborot ta’minoti bazasining shaffof emasligi, amaliyotda 
ma’muriy aralashuv holatlarining hali ham to’liq barham topib ulgurmaganligi 
va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi. Bu esa investitsiyalash 
moyilligini so’ndiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. 
Shu jihatdan ham O’zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, 
ehtimolligi mavjud bo’lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf 
etish yo’llarini aniqlash, ularni samarali boshqarish eng muhim vazifalardan 
hisoblanadi-ki, aynan mana shu masala hozirgi paytdagi ahamiyati va 
dolzarbligini tasdiqlab beradi. 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda uni dastlabki mukammal 
baholash va o’rganish, shu jumladan, loyiha risklarini tahlil qilish va ularni 
pasaytirish, boshqarish masalalari iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida 
o’ta ahamiyatli va ilmiy tadqiqot uchun dolzarb muammolardan bo’lib kelayotir. 
Xalqaro amaliyotning tasdiqlashicha, “yangi tashkil etilgan kichik biznes 
korxonalarining o’rtacha uch yil ichida 80 foizi bankrotlikka uchraydi”
2
. Shu 
boisdan risklarni samarali boshqarish, ta’sir darajasini kamaytirish va oldini 
olish vazifasi muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega dolzarb muammo 
hisoblanadi. 
2
 
http://www.westpac.co.nz/olcontent
 sayti ma’lumotlari 



Mamlakatimizda ham xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga iqtisodiy 
risklarning, shu jumladan, investitsiya risklarining ta’siri sezilarlidir. Masalan, 
milliy valyutaning devalvatsiya sur’atini nisbatan yuqori ekanligi mazkur 
korxonalar olayotgan foydaning real qiymatini pasayishiga sabab bo’lmoqda. 
Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida debitor-kreditor 
qarzdorlik muammosining mavjudligi ular bilan uzviy aloqada bo’lgan 
korxonalar pul oqimiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirmoqda. 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin