Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
 

 



1. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida investitsiya loyihalarining o’rni va 
ahamiyati
 
Mamlakatimiz 
mustaqilikka 
erishib, 
bozor 
munosabatlarini 
shakllantirayotgan ekan, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish eng asosiy omillardan 
biri bo’lgan investitsiya siyosatiga bog’liqdir. Investitsiya siyosatining 
samaradorligini ta’minlash iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlari va hozirgi kun 
talablariga javob beradigan mukammal investitsiya dasturini ishlab chiqishni 
talab etadi. 
Shu bois ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq investitsiyalarni, 
xususan, xorijiy investitsiyalarni ustuvor investitsiya loyihalariga jalb qilishga 
alohida e’tibor berildi. Investitsiya faoliyatining erkinligi va rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida uning huquqiy asosini mustahkamlash uchun “Investitsiya 
faoliyati to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi, “Chet ellik 
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to’g’risida”gi Qonunlar qabul qilindi va ularga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. 
Mazkur qonunlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni, xorijiy sheriklar 
bilan hamkorlikni mustahkamlashni va rivojlantirishni, ustuvor investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishni va mamlakatda investitsion faollikni oshirishni 
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. 
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya 
sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, 
qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini 
rivojlantirishga qaratilishi lozim. Mazkur investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhiti barpo etilishi lozim 
bo’ladi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga 
mablag’ sarflash uchun shart-sharoitlarning qulayligini, ya’ni siyosiy, iqtisodiy 
va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha hisob-kitoblar 
majmuasini o’z ichiga oladi.



Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy 
barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil chet ellik investorlarning boshqa 
mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni kiritish 
imkoniyatini beradi. 
Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri huquqiy-me’yoriy 
hujjatlarning mavjudligidir. Bu esa investorning investitsiya faoliyatini amalga 
oshirish uchun kafolat vazifasini bajaradi. 
O’zbekistonda investitsiya siyosatining asosiy tamoyillari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi:
- ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va modernizatsiyalash, 
yangi ish o’rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash; 
- vazirliklar, kontsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning boshqa 
bo’limlari ishtirokida va adres dasturlariga qat’iy rioya qilgan holda 
moliyalashtirishning 
barcha 
manbalari 
hisobidan 
markazlashgan 
va 
markazlashmagan kapital qo’yilmalar hajmini aniqlash;

iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eksportga mo’ljallangan 
va import o’rnini bosuvchi loyihalar nuqtai nazaridan ustuvor investitsiya 
takliflari ro’yxatini ishlab chiqish va chuqur ekspertizadan o’tkazishlarni 
ta’minlash; 
- iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investitsiyalarni amalga 
oshirishni tenderlar asosida o’tkazish. 
Respublikamiz 
investitsiya 
siyosatining 
ustuvorligi, 
eng 
avvalo, 
investitsiyalarni iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va texnik 
yuksaltirishga, shuningdek, korxonalarning asosiy fondlarini modernizatsiya 
qilish (yangilash, zamonaviylashtirish) va qayta qurollantirishga yo’naltirish 
kerak. 
Iqtisodiyotning 
ustuvor 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
uchun 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va 
imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l 



bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga 
qo’shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag’batlantirish yo’li 
bilan investitsiyalarni, ko’proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb 
qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Bulardan: 
- ulush qo’shib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish; 
- 100% mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni 
tashkil etish; 
- yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini 
tashkil etish; 
- kontsessiya va lizing sharnomalari tuzish; 
- tenderlar e’lon qilish; 
- erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; 
- moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 
Ma’lumki, xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini 
boshqasiga bog’lab qo’yish bo’lib, buning natijasida mamlakatlar va mintaqalar 
bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. Chet el investitsiyalarining jalb etilishi 
kapital import qiluvchi mamlakatda soliq, ijara, barqaror valyuta tushumlari, 
asosiy fondlarning va shu kabilarning ko’payishi evaziga milliy daromadning 
o’sishini ta’minlab beradi. Mamlakatga chet el investitsiyalarining kirib kelishi 
tabiiy va mehnat resurslarining arzonligiga va boshqa shart-sharoitlarga 
asoslanadi. Shuning bilan birga ular iqtisodiyotda yangi investitsiya 
loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash orqali ularga yangi malaka, 
texnologiyalar, “nou-xau”, boshqaruv tajribasi, tejamkorlik mahoratlarini va 
boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarni kiritadilar. Chet el investitsiyalarining 
mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining 
kengayishini tezlashtiradi va iqtisodiy qudratining oshishini ta’minlashga xizmat 
qiladi. 
So’nggi yillarda iqtisodiyotda faol amalga oshirilayotgan tuzilmaviy 
o’zgarishlar va modernizatsiyalash jarayoni investitsion faollikni ta’minladi. 



Iqtisodiyotdagi investitsiya hajmining yildan-yilga sezilarli ravishda o’sib 
borishi hamda muqarrar ravishda milliy ishlab chiqarish hajmining o’sishi orqali 
o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatishiga imkon yaratmoqda. Davlat tomonidan 
investitsion faoliyatni rivojlantirishga berilgan e’tibor va qo’llab-quvvatlanshi 
natijasida yali ichki mahsulot (YaIM) hajmi va investitsiyalar miqdori o’sish 
sur’atlariga ega bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar 
miqdori 2007-2015 yillar oralig’ida o’sish tendentsiyasisha ega bo’lgan. Buni 1-
jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin.

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin