2-rasm. Riskni funktsiyalari 16 Lekin, asossiz yuqori riskka borish, huddi riskdan butanlay voz kechilishi
kabi zarardir. Yuqoridagilarni mujassamlashtiradigan bo’lsak, risk qilishdan
oldin uni iloji boricha o’rganish, baholash va boshqarishga intilish lozim. Uni
boshqarishda esa albatta risk tamoyillarini (o’z kapitali imkoniyatlaridan ortiq
riskka bormaslik, risk oqibatlarini har doim hisobga olish zarur, kam miqdordagi
foyda uchun ko’p miqdordagi mablag’lar bilan risk qilish kerak emas) hisobga
olish kerak.
Riskning mohiyatiga berilgan ko’plab ta’riflarning tahlili risk vaziyatini
keltirib chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi: yuzaga
kelgan holatning tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi;
kutilajak natijaning ma’lumligi yoki aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar
yuzaga kelish ehtimoli; qo’shimcha daromad olish ehtimoli.
Yuqoridagi riskka berilgan ta’rif-tavsiflarning mazmun-mohiyatidan kelib
chiqib,
ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda
investitsiyalardan kutilgan yoki rejalashtirilgan foydaning olinmasligi,
zahiralarning yo’qotilishi, kutilmagan harajatlarning kelib chiqishi yoki ortib
ketishi bilan bog’liq hodisalar, ularning yuz berish ehtimolliklari riskni namoyon
etadi. Boshqacha ifodalaganda, risk - bu kutilishi mumkin bo’lgan omad yoki
xatar, ya’ni ko’zlangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlik yoki
ko’p mablag’larning yo’qotilishi va shu bilan birga ortib ketishi ehtimolliklari
16
Tadqiqot natijalari asosida tuzildi.
Risk funktsiyalari Konstruktiv regulyativ funktsiya – risk iqtisodiy
rivojlanishni kuchaytiruvchi va qo’zg’atuvchi omil
Destruktiv
regulyativ
funktsiya
–
ko’pincha
korxonalarni o’z mablag’laridan mahrum etib,
ularning kamayishiga olib keladi, destabilizatsiya
omilidir.
Kerak bo’lmagan oqibat va yo’qotishlarni oldini olish
maqsadida risk bo’yicha izlanishlar jarayonida,
novator bo’lish imkoni orqali vujudga keladi.