21
birinchidan, korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etadigan risklarni turli
xil variantlari mavjud bo’lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va
tegishli
qarorlar qabul qilish, shuningdek, turli xil oraliqlarda qarorlar qabul
qilinishi avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog’liqligi va uni istiqbolda
yanada rivojlantirish holatini aniqlab beradi. Bunda riskni tahlil qiluvchi barcha
ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Ikkinchidan,
qoida tariqasida, korxona
investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida qilingan harajatlar bir martalik
moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishni talab qilmasdan, uzoq muddat
davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bunday
holat korxona menejeriga
kapital qo’yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda amalga oshirishdagi
o’zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi. Uchinchidan,
risklar tarkibini va davomiyligini aniqlash,
korxonalarning investitsiya
faoliyatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan asosiy risklarni aniqlash, asosiy
risklarning sodir bo’lish vaqtini aniqlash, asosiy risklarning sodir bo’lishi
natijasida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirish.
Loyihalar
tahlilida ham sifat, ham miqdor jihatdan tahlil ketma-ket
qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Loyiha risklarini aniqlash, tadqiq qilish,
baholash va pasaytirish tadbirlarida risklarni boshqarish tizimi qonuniyati
sifatida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi: loyiha risklarining tasnifi; loyiha
risklarini aniqlash va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot
ta’minoti; risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash;
risklarning oldini
olish; risklarni kamaytirish texnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish;
risklarni taqsimlash; risklarni sug’urtalash; risklarni
boshqarish xarajatlarining
optimal
darajasini
asoslash
va
samaradorlikni
baholash;
risklarni
moliyalashtirish; natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring
ma’lumotlari asosida risklarni boshqarishda qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul
qilish.