Iqtisodiy o’sishda ijtimoiy infratuzilma tahlili Mundarija: Kirish……………………………………………………………………. 2
I Bob Iqtisodiy o’sishda ijtimoiy infratuzilma tahlili ……………………... 4
1.1 Investitsiya bozori va uni shakllantirish muammolari…………………..... 4
1.2 Investitsiyalarni iqtisodiy o‘sishga ta’siri ……………………….………... 6
1.3 O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri ………………………………………...……………………... 11
Xulosa va takliflar…………………………………………………………... 14
Foydalanilgan adabiyotlar…………….…………………………………….. 15
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiy o’sishda ijtimoiy infratuzilma mavzusida biz bozor munosabatlari sharoitida investitsiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etishini ko’ramiz.
Investitsiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli, hamda qisqa muddatli omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Referat ishning maqsadi. Investitsiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar ishlab chiqarish ko'lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog'liqligini o’rganish va qimmatli qog‘ozlar, investitsiya qo‘yish, fond birjasidagi operatsiyalar, investitsiya xizmatlarining takomillashuvi, moliyaviy aktivlar o‘sishi, foiz stavkalarini o’rganish maqsad qilib olingan.
Referat ishning vazifalari. Referat maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olingan:
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonida iqtisodiy islohotning o‘ziga xos modeli yaratilgan boiib, uning muhim tarkibiy qismlarini alohida ajratib ko‘rsatishi va ular turlari;
Tadbirkor uchun uzoq muddatga investitsiya olish iqtisodiy jihatdan ahamiyatlidir buning asosiy sabablarini aniqlash;
Jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarda AKTga asoslangan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti sur’atlarini, kapital va inson resurslaridan foydalanish imkoniyatlari belgilab berilishi;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalami samarali jalb etishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;