Iqtisodiy o’sishda ijtimoiy infratuzilma tahlili Mundarija: Kirish



Yüklə 74,42 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü74,42 Kb.
#199971
növüReferat
1   2   3   4   5
Iqtisodiy o\'sish r

Referat ishning obekti. Referat obekti sifatida investitsiya bozori, qimmatli qog‘ozlar, investitsiya qo‘yish, fond birjasidagi operatsiyalar, investitsiya xizmatlarining takomillashuvi va chet ellik investorlarning investitsiyalari tanlab olinib, ularni tahlil qilishdir
Referat ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Referatning ilmiy ahamiyati shundaki bunda biz O’zbekistonda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarni texnalogik yangilash, yangi ish o’rinlarini yaratishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish ahamiyatlari.
Referat ishning tuzilishi va hajmi.Referat ishi 15 betdan iborat bo’lib kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Xulosa va takliflar qismida referat ishi bo’yicha asosiy natijalar umumlashtirilib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.

I Bob Iqtisodiy o’sishda ijtimoiy infratuzilma tahlili
1.1Investitsiya bozori va uni shakllantirish muammolari
Bozor munosabatlari sharoitida investitsiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etadi. Investitsiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli, hamda qisqa muddatli omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Investitsiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar ishlab chiqarish ko'lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog'liqdir. Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotida mablag‘lar aylanishini tashkil etishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar, pul va investitsiya qo‘yish kabi ko‘rinishlarda amaliyotda qoilaniladi. Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonini va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi. Uning vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi, ular tushumining barqarorligi, rivojlangan institutsional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy ahvolining barqarorligiga bo’liq boiadi. Investitsiya bozori mamlakat ichkarisida va tashqi muhitda resurslaming mamlakatlararo qayta taqsimlanishida ichki, xalqaro hamda vositachilik vazifalarini bajaradi. Uning mexanizmi orqali vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari safarbar qilinadi, ular ssuda kapitaliga aylantiriladi va halq xo‘jaligi tarmoqlari orasida qayta taqsimlanadi. Investitsiya bozori bir tarmoqdagi ortiqcha investitsiyaning yoki ko‘proq, daromad olish yo‘lining tarmoqqa oqib oiishini ta’minlaydi hamda u ayrim tarmoqlar rivojlanishini yaxshilash uchungina emas, balki iqtisodiy o‘sishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida ishlab chiqarish nisbatlarini boshqarish uchun ham xizmat qiladi.
Pul bozori va investitsiya bozori o‘rtasida muayyan iqtisodiy farqlar mavjud boiib, pul bozori muomala sohasiga xizmat ko‘rsatishga moijallangan, investitsiya bozori esa kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatadi. Amaliyotda pul bozori bilan investitsiya bozori doimo o‘zaro uzviy bogiiq boiib, biri ikkinchisini taqozo etib turadi. Ushbu bogiiqlik qisqa muddatli resurslami uzoq muddatli zayomlar va investitsiya mablagiariga aylantirib turishda namoyon boiadi. O‘zbekiston Respublikasida olib borayotgan moliyaviy islohotning asosiy maqsadi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ochiq tashqi siyosat barqaror boigan kuchli huquqiy-demokratik va fiiqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Bularning barchasi iqtisodiy islohotlar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonida iqtisodiy islohotning o‘ziga xos modeli yaratilgan boiib, uning muhim tarkibiy qismlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:
• kishilaming farovonligi oshishini ta’minlaydigan munosib natijaga erishishga ijtimoiy yo‘nalganlik;
• iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash bandligi bilan makroiqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi nisbatning teng boiishi;
• ishlab chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan boshqarishdan voz kechish, iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, faoliyat turlari, ishlab chiqarayotgan mahsulotning hajmi va ro‘yxati, ishlab chiqarish xo‘jalik aloqalarining ko‘lamidan kelib chiqib, tovar ishlab chiqaruvchilaming o‘zlariga iqtisodiy erkinliklar berish;
• investitsiya siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlami tanlashda va xorijiy kapitalni jalb etishda zarur sharoitlami joriy etish orqali iqtisodiyotni tartibga solish. Iqtisodiy boshqaruvga manfaatlardan foydalanish, ishonchli ijtimoiy kafolatni ta'minlashda davlatning faol vazifasini ta’minlash;
• bozor iqtisodiyotini shakllantirishning barcha bosqichlarida birinchi navbatda aholining kam ta’minlangan qismini himoya qilish bo‘yicha kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
• bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida soliq davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirishning bosh tartibga solish omili bo‘lib qolishi kerak.
Rivojlangan bozor xo‘jaligining investitsiya bozorida bank muassasalari bilan bir qatorda moliyaviy mahsulotlar bilan ta’minlovchi boshqa moliya muassasalari ham mavjud bo‘lishi lozim. Investitsiya bozorining rivojlanishi ixtiyoriy tusdagi jamg‘armalar, xususan kishilar hayoti va mulkni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning ko‘plab tuzilishiga zarur shart-sharoitlami yaratib beradi. Moliya muassasalari iqtisodiy bitimlarga doir to‘lov usullarini yaratdi, moliyaviy vositalar esa likvidlik va jamg‘arish imkoniyatlarini yaratib beradi. Investitsiya bozorining rivojlanishi omonatchilar mablag‘larining sarmoyadorlarga erkin tarzda oqib kelishi uchun zarur shart-sharoitlami ta’minlaydi. Iqtisodiyotning rivojlanishi sur’ati va samaradorligi moliya tizimining samarali rivojlanishiga uzviy bog‘liq rivojlangan moliya tizimi, operatsiyalar xarajatlarini qisqartirish, tavakkalchilikni boshqarish, to‘lov qobiliyati va investitsiyalar istiqboli bo‘yicha ixtisoslashgan maslahat xizmatini chuqurlashtirish imkonini beradi. Investitsiya bozori va moliya muassasalari omonatchilar ehtiyojlarini yakka tartibda xavfsiz qondirishni sarmoyadorlaming muddatli mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bilan ayni vaqtda amalga oshiradilar. Shu bilan birga, aholi va korxonalarning omonatlarini jalb etish, ulami samarali joylashtirish ham lozim. Ma’lumki, moliya tizimi o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi, balki buning uchun hukumat tomonidan moliya tizimi va sarmoya bozorining rivojlanishiga yordam ko‘rsatilishi, qulay huquqiy-iqtisodiy muhit yaratilishi zarur. Investitsiya bozorini rivojlantirish va barqarorlashtirish siyosati ishlab chiqaruvchilaming o‘z moliya resurslarini nazorat qilishlarida muammolar mavjudligini aniqlab beradi va ulaming yechimini topish yo‘llarini taklif etadi. Moliya tizimi va investitsiya bozorining barqaror rivojlanishiga birinchidan inflatsiya katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun moliya tizimida borayotgan islohot natijalarini baholash ijobiy makroiqtisodiy muhitni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Resurslardan foydalanishda narxlar muhim rol o‘ynashi kerak va iqtisodiy agentlar o'z aktivlarini o‘stirishdan manfaatdor bo‘lganlaridagina investitsiyalarini sarflashga harakat qiladilar. Ikkinchidan, omonatchilaming ichki moliyaviy aktivlami jalb etishni talabga nisbatan past darajada foydalanishiga sabab, foiz stavkasi va valuta kursi bo'yicha narxnavoning o‘sishidir. Bu albatta, moliyaviy aktivlarning o‘sishiga ham salbiy ta’sir etmoqda.
Moliya tizimining barqarorligi islohotning muvaffaqyatli borishi, qayta moliyalash jarayonining qanday amalga oshirilayotganiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida budjet xarajatlarini kamaytirish yoki hukumatning moliya bozorini shakllantirish jarayonini qo‘llabquvvatlashga bo’lgan ehtiyojini kamaytiradi. Moliya tizimini isloh qilish ko‘p jihatdan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi foiz stavkalari miqdoriga ham bog‘liq. Foiz stavkalari o‘z navbatida moliya bozorining rivojlanishiga bog‘liq. Investitsiya bozoridagi raqobat bozoming muhim tarkibiy qismlari hisoblangan moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va takliflaming o‘zgarishiga munosabat bildirishga majburlovchi mexanizm yoki vosita bo‘lib hisoblanadi. Foiz stavkasi darajasi va tarkibi moliya sohasining rivojlanishiga va moliya resurslarining joylashuviga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar foiz stavkalari bozomikidan past bo‘lsa, bu milliy valutadagi jamg‘armaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada u talablar majmuini boshqarib turishga ham ta’sir etib, moliyaviy vositachilik samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Aksincha, agar foiz stavkalari bozordagidan yuqori boisa, u holda ular makroiqtisodiy beqarorlik darajasining yuqoriligini aks ettiradi yoki moliyaviy tartibsizlikka olib keladi. Shunday qilib, foiz stavkalari tahlili, shuningdek shakllanayotgan investitsiya bozorining real shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ulami o‘zgartirish dasturi investitsiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot bilan bog‘liq holda bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun marketing tadqiqotlarini muntazam ravishda olib borish maqsadga muvofiqdir. Faqat shunday usul bilan investitsiya bozorida samaradorlikni oshirish va barqarorlikka erishish mumkin.

Yüklə 74,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin