1.3 O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri Jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarda AKTga asoslangan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti sur’atlarini, kapital va inson resurslaridan foydalanish imkoniyatlari belgilab bermoqda. “Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha jahon ilmiy-texnika salohiyatining 90%i va global yuqori texnologiyalar bozorining 80%i iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo bo’lgan rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”. Natijada rivojlanayotgan davlatlarda quvib yetish siyosati asosida ishlab chiqarishni modemizatsiyalash, texnik va texnologik taraqqiyot asosi bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga ta’lab oshib bormoqda. «Rivojlanayotgan davlatlarga investitsiyalami kirib kelishi, 2% o‘sish bilan barqaror qoldi. Bu o‘sish natijasida, rivojlangan davlatlarga investitsiyalami kirib kelishi anomal darajada kamayishi, xorijiy investitsiyalarda rivojlanayotgan davlatlaming ulushi rekord darajada 54%ga o‘sishiga olib keldi”. Mamlakatimizda va uning mintaqalarida so‘nggi yillarda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga keng yo‘l ochish, qonunchilik barqarorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion muhitni tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotimizga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishiga muhim asos bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qayd qilib o‘tganlaridek: “Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur”. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo‘lib, birinchi navbatda, kapital mablag‘laming daromadliligini ta’minlab beradi. “Investitsiya muhiti deganda mamlakat iqtisodiyoti va uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalaming samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi”. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlaming mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. “Mamlakatning investitsion jozibadorligi- ma’lum investorning maqsadlariga mintaqaning mos kelish darajasi bo‘lib, xususan, tavakkalchilikni mos darajasida investitsiyalashni o‘ziga xos imtiyozlari sharoitida, investitsiya qilgan kapitalidan maqsadli daromad olish imkoniyati ifodalovchi majmuali tavsif bo‘lib hisoblanadi”
Milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligiga, birinchidan, uning nisbatan barqaror va mintaqaviy darajada boshqaruv qarorlariga ta’sir etmaydigan uning ba’zaviy shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi. Ularga mintaqani geograflk joylashuvi, tabiiy obhavo darajasi, qazilma boyliklari, tabiiy xomashyo resurslari va shu bilan birga uning transport infratuzilmasi obyektlari holati bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillarga mintaqada uzoq vaqt davomida shakllangan investitsion muhit. Uni baholash milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligiga bog‘liq ya’ni investitsion jozibadorlik bilan investitsion muhiti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Investitsion muhitga ma’lum malaka va ta’lim darajasiga ega bo‘lgan mehnat resurslari, ishlab chiqarish, moliyaviy va innovatsion salohiyati, institutsional muhiti va bozor infratuzilmasi bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Uchinchi guruhga investitsion tavakkalchilik bilan bog‘liq omillar boiib investitsion jozibadorlikka nisbatan qisqa va o‘rta muddatda, katta ta’sir etish imkoniyatlariga ega. Milliy iqtisodiyotni investitsion jozibadorligini baholash uchun uning iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, boshqaruv, ekologik, krimogan, va siyosiy tavakkalchiliklarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq. “Xuddi ana shu omillar xorijlik investorlarga uzoq muddatli shartnomalar asosida boshqa mamlakatga o‘z resurslarini kiritish imkonini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir".
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalami samarali jalb etishning ustuvor yo‘nalishlarga:
Iqtisodiy yo‘nalishlar:
• mintaqa iqtisodiyotini tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va texnik-texnologik jihatdan modenizatsiyalash;
• xorijiy investitsiyalami raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyotiga yo‘naltirish asosida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish;
• bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish va kengaytirish;
• tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish.
Me’yoriy-xuquqiy yo‘nalishlar:
• korporativ boshqaruv sohasidagi yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish va ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish;
• institutsional islohotlar asosida xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi davlat va bozor institutlari sifatini oshirish;
• xorijiy investitsiyalarni faol o‘zlashtirishda kadrlar sifatini hamda ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish;
• mintaqada qulay ishbilarmonlik va tadbirkorlik erkinligini ta’minlash hamda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish.