Iqtisodiy o’sishda ijtimoiy infratuzilma tahlili Mundarija: Kirish


Investitsiyalarni iqtisodiy o‘sishga ta’siri



Yüklə 74,42 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü74,42 Kb.
#199971
növüReferat
1   2   3   4   5
Iqtisodiy o\'sish r

1.2 Investitsiyalarni iqtisodiy o‘sishga ta’siri
Bugungi globalizatsiya davrida jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlarini kuzatish natijasida shu narsaga amin bo‘lish mumkinki, investitsiyalar har qanday jamiyat milliy iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy poydevor bo‘lib hisoblanadi. Ammo, shuni alohida qayd etish joizki, investitsiyalaming harakat ko‘lami rejali iqtisodiyot davrida qisman cheklangan bo‘lib, ularning iqtisodiy samaradorligiga nisbatan, ijtimoiy samaradorligi ustuvor bo‘ladi. Bozor munosabatlari asosida o‘z iqtisodiyotini tartibga soladigan davlatlarda investitsiyaning iqtisodiy imkoniyati misli ko‘rilmagan darajada keng va ahamiyatli bo‘ladi. Buning isboti o‘laroq birgina mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot(YAIM)ning o‘sishiga nazar soladigan bo’lsak, investitsiya faoliyatining samarali tashkil etilishigina YAIMning o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Agar YAIMning o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi past bo’lsa, bunday holat investitsion faoliyatning sust tashkil qilganidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida, investitsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etishni taqozo etadi. Investitsiya so‘zi nemischa «Investition», lotincha «Investtio» so‘zlaridan olingan bo’lib, u kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar yig’indisidir. Xorijiy investitsiyalar esa, xorijiy investorlar tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiyalar bo’lib, xorijiy mulkdorlarning boshqa mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlariga daromad olish maqsadida muayyan muddatga qo‘yilgan kapitalidir. Xorijiy investitsiyalar boshqa iqtisodiyotdan milliy iqtisodiyotga jalb qilingan kapital bo‘lib, ularning ichki investitsiyalaridan tubdan farqlanishi xatar bilan bog‘liqdir. Investitsiyalar iqtisodiy yoki ijtimoiy samara keltiradigan va tadbirkorlik, ishbilarmonlikning davlat tomonidan ta’kidlanmagan faoliyatlariga jalb qilinadigan (sarflanadigan) barcha turdagi mulkiy vaintellektual boyliklariga aytiladi. Samara keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya’ni investitsiyalar quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
• pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogozlar;
• harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob- uskunalar);
• mualliflik huquqi, ixtirolardan foydalanish huquqlaridan («nouxau
») tashkil topgan mulkdorlik huquqlari, boshqa intellektual boyliklar;
• yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari;
• boshqa boyliklar.
Investitsiyalarni shartli ravishda moliyaviy va real investitsiyalarga ajratish mumkin. Moliyaviy investitsiyalar shaxsiy kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga hamda bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qo‘yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida sarflanishi va shu bozorda qatnashishini anglatadi. Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda, qimmatbaho qog‘ozlar bozori kapitalining sohalar bo‘yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlarda ko‘proq tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalar o‘z navbatida, mulkiy shakli jihatidan davlat va xususiy investitsiyalarga bo’linadi.
Xususiy investitsiyalar tadbirkorlar, xususiy firmalar, kompaniyalar, konsemlar, aksiyadorlik jamiyatlari yoki boshqa shakldagi mulk egalarining foyda (daromad), samara olish maqsadida davlat tomonidan ta’qiqlanmagan faoliyatlariga sarflaydigan moddiy va intellektual boyliklarini bildiradi. Real investitsiyalar esa moliyaviy investitsiyalardan farq qilib, ular asosiy kapital va moddiy boyliklarni o‘stirishga sarflanadigan qo‘yilmalarda namoyon bo‘ladi. Real investitsiyalar sarfi asosiy fondlarning o‘sishiga, yangilanishiga, moddiy boyliklarning ko‘payishiga olib keladi. Fan-texnika taraqqiyotining kuchayishi bilan intellektual potensial - ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish uchun sarflanadigan qo‘yilmalar ham o‘sib boradi. Shuning uchun ham bugungi kunda real investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta’lim, kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori o‘sib bormoqda. O‘z navbatida real investitsiyalar ham davlat va xususiy investitsiyalarga bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalaming asosiy qismini xususiy investitsiyalar tashkil etadi. Davlat sektorida ham real investitsiyalar sarfi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiyalar ajratiladi hamda davlat tomonidan kapital qo‘yilmalar muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o‘zlashtiriladi.
Davlat tomonidan o‘zlashtiriladigan investitsiyalar, avvalo, bozor infratuzilmasini va u bilan bog‘liq boigan tarmoqlami rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalar samaradorligini oshirish ko‘proq, asosiy kapitalning aktiv elementlarini vujudga keltirish va o‘stirish hisobiga amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bugungi kunda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhiti barpo etilmoqda. Bu qulayliklar ular uchun yaratilgan turli hukumat kafolatlari va imtiyozlarda o‘z aksini topmoqda. Har bir mamlakatning investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil chet ellik investorlaming boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslami jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha izchil choratadbirlami amalga oshirmoqda. Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
- iqtisodiy barqarorlik;
- inflatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valuta-so‘mning to’lov qobiliyatini oshirishgayo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya moliyaviy munosabatlarining ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan zarurligi milliy iqtisodiyotda yangi turdagi mulkchilik shakliga asoslangan ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko‘rsatadi. Investitsiyalaming shakllanish jarayonida turli mulkchilik shakllariga asoslangan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashadi. Natijada investitsiyaning turli shakllari rang-barang yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari asosida vujudga keladi. Investitsiya turli mulkchilikka asoslangan yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga shakllansada, u iqtisodiy mohiyati jihatidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratiladi. Odatda, investitsiya ko‘proq aholining zaruriy miqdordagi iste’mol qiymatidan ortiqcha mablag‘i hisobiga jamg'ariladi. Tadbirkorlar oldida doimo mablag‘ ishlab chiqarishni olib borish, uni kengaytirishlari uchun takroriy kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish zarurati tutiladi. Zero investitsiyalarga bo‘lgan zarurat esa talab va taklifga bog‘liqdir. Investitsiyalarni jalb etish qisqa va uzoq muddatda amalga oshiriladi. Ammo tadbirkor uchun uzoq muddatga investitsiya olish iqtisodiy jihatdan ahamiyatliroqdir. Fikrimizcha, buning asosiy sabablari, quyidagilardan iborat:
- qisqa muddatli investitsiya vakillari bo’lgan jismoniy shaxslar tomonidan omonat kassalariga qo'yilgan pullar tez daromad keltirishi zarur;
- qisqa muddatli investitsiyaning moddiy manfaatdorligi uni tezlik bilan qoplanishida namoyon boiadi;
- jamg‘arilgan investitsiyani talab va taklif asosida kelishilgan taqsimlash tizimini ishlab chiqarilishiga bogiiq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya jarayoni ishlab chiqarish tarmoqlarining tarkibiy o‘zgarishlari va moliya resurslariga bo’lgan talab va taklifga bog’liq bo’ladi. Ayrim iqtisodchilar esa, investitsiyani “...bu ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish uchun sarf etilgan xarajat”, - deb hisoblaydilar. Investitsiya milliy ishlab chiqarish hajmiga, ish bilan bandlikka, fondlarga va iqtisodiy o‘sishga ta’sir etadi. Yu.V. Bogatin va V.A. Shenderlar: ‘investitsiya har qanday tadbirkor loyihasini amalga oshirish shartidir, u pul shaklida bo’lib, yangi ishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan resurslami sotib oladi”, - deb fikr bildiradilar. “Investitsiya - bu pul, qimmatli qog‘ozlar va aylanma fondlar, mulklar, kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun, uni kengaytirish uchun sarflangan, aholining o‘sib borayotgan iste’molini qondirish va ularning iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash uchun sarflanayotgan pul mablag‘larini o‘zida ifoda etgan iqtisodiyotning rivojlanish omili hisoblanadi”. Investitsiya va moliya mablag‘laridan foydalanish, fondlarining tashkil topishi kichik va xususiy ishlab chiqarishlarda investitsiyalardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
O‘zaro fondlardan foydalanish odatda tijorat yoki investitsiya banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar orqali tartibga solinadi va boshqariladi. Investitsiyalarni mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda roli to‘g‘risida Prezidentimiz Oliy Majlisga qilgan murojaatida ta’kidlab o‘tdiki, chuqur ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida aniqlangan va barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari tarkibidagi neft-gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal kabi sohalar aynan iqtisodiyotimizning “drayverlari” ga aylanishi uchun 2021-yilda qanday ishlarni amalga oshirish borasida ham o‘z fikrlarini bayon etib quyidagilarga alohida to‘xtalib o‘tdilar,xususan:
• raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratishda ishtirok etuvchi sohalarda jami qiymati 23 mlrd. dollarga teng bo’lgan investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlari ishga tushirilishi;
• investitsiya siyosatida davlat ishtirokini pasaytirish, xususiy va to‘g‘ridan-to’g‘ri investitsiyalar ulushi oshirishning ustivorligini ta’minlash;
• 2021-yilning 1-apreliga qadar istiqbolli sanoat klasterlari ro'yxatini aniqlash hamda ulami rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilishini amalga oshirish;
• “Bojxona hududida qayta ishlash rejimi” da sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paytirilishi;
• mamlakatimizda geologiya-qidiruv sohasida 50 ta kon va istiqbolli maydonlar auksionlar orqali investorlarga sotilishi qayd etib o‘tildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 2020 yilda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar natijasi amalda o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Xususan, mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash va raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratishda investitsion loyihalami ko‘paytirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, mamlakatimiz resurslar imkoniyatini hisobga olgan holda investitsion loyihalami ishlab chiqish va samarali joriy etish aynan sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartirishlami chuqurlashtirishga, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modemizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda, shu jumladan mahailiy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlami modemizatsiya qilish va tashkil etishga qaratilgan investitsiya siyosatini yanada faollashtirish bo‘yicha kompleks choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ushbu qaror doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilami o‘z ichiga oluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2020 -2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi asosida 850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020 -2022- yillarda kapital qo‘yilmalami o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020-2022-yillarda investitsiyalar va kreditlami o‘zlashtirish hamda jalb qilish, 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish masalalari belgilab berildi. Unga ko‘ra respublikamizda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investorlami jalb qilish borasida hukumatimiz ko‘magida ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Jahon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori. 2020-yil 9- yanvar, PCM563-son banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar doirasidagi munosabatlar ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Shuningdek, 2020-yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 6.6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan holda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda aynan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish investorlar qatori mamlakatimiz uchun ham kata ahamiyatga ega. Shu jihatdan, investitsiya majburiyatlarini bajarishda asosan 2-bosqichda amalga oshirilishi belgilab berilgan. Bugungi kunda har bir davlat uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga egadir. Investitsiya - bu “iqtisodiyot drayveri” sifatida “iqtisodiyotning yuragi” - harakatga keltiruvchi kuch desak, mubolag‘a qilmaymiz.Mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, shuningdek, hududlarga ham yangi texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanadi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida erkinlashtirishga katta erk berilishi investitsiya faoliyatining jonlanishiga, barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi bozor munosabatlarini barpo etish orqali ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga va tadbirkorlikning rivojlanishiga qulay zamin yaratadi, Bu esa o‘z navbatida ulami eski usullarda, ya’ni davlat mablag‘lari hisobiga amalga oshirish esa endilikda mumkin emasligini ko‘rsatadi.

Yüklə 74,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin