Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
 
 
 
 
 
 
7-rasm. Investitsion risklarning to’rt guruhga ajratilgan tasnifi
22
 
22
Tadqiqot natijalari asosida tuzildi. 
Investitsion risklar 
Kredit risklari 
Investitsion siklning 
birinchi bosqichidagi risklar 
Tadbirkorlik risklari 
Mamlakatlar risklari 
Ijtimoiy-
siyosiy risklar 
Makro-
iqtisodiy risklar 
Mikro-
iqtisodiy risklar 
Moliyaviy risklar 
Valyuta risklari 
Foiz risklari 
Portfel risklari 
Tijorat risklari 
Boshqa turdagi 
tadbirkorlik risklari 
Texnik risklar 
Qurilish-montaj 
risklari 
Ekspluatatsiya 
risklari 
Investitsion siklning 
birinchi bosqichining 
tugatilmaslik risklari 


25 
Masalan, ba’zi risk garchi katta moddiy-moliyaviy zarar keltirmasligi 
mumkin, ammo investorning mintaqadagi yoki xalqaro nufuziga katta ma’naviy 
zarar keltirishi mumkin.
Bunday risk pirovard natijada boshqa shakllardagi zararlarni, yo’qotishlarni 
etaklab kelishi mumkin.
Investitsiya loyihasi risklarini tasnifini turli tizimlari mavjud. Umuman 
esa, risklarni to’rt guruhga ajratgan holda quyidagicha tasniflash mumkin (7-
rasm). 
Investitsiya risklarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin. 
1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor 
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; 
texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; 
ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar. 
2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli 
risklar; uzoq muddatli risklar. 
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta 
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng 
bo’lgan zarar(foyda) ko’rish mumkin. 
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi: 
mumkin bo’lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - 
daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo’lgan soha deb hisoblanadi. 
Undagi risklar ikkita katta guruhga bo’linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli kog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga 
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra 
ko’pchilik emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin. 


26 
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; 
siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularni majmuasi 
uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki tarmoqning 
qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik 
riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi 
risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: loyiha ishtirokchilari riski; loyiha 
smeta qiymatining oshish riski; qurilishni o’z vaqtida tugamaslik riski; ish va 
ob’ekt sifatining pastligi riski; konstruktsion va texnik risklar; ishlab chiqarish 
riski; boshqaruv riski; sotish riski; moliyaviy risk; mamlakat riski; ma’muriy 
risk; huquqiy risk va fors-major riski. 
Kapital qurilishda ishni tugatishning cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha 
harajatlar kelib chiqadi: kredit bo’yicha qo’shimcha foizlarni hisoblash, 
narxlarning inflyatsiya natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining 
oshishi kabi qo’shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk 
natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va 
kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar 
to’xtashi mumkin. Kapital qurilish bilan bog’liq risklar quyidagi sabablardan 
kelib chiqadi: 
-
loyiha-smeta hujjatlaridagi xatolar tufayli; 
-
mutaxassislar malakasi etarli bo’lmaganligi sababli;
-
fors-major holatlari; 
-
qurilish materiallar, texnologik mahsulotlarning sifati pastligi sababli; 
-
shartnoma shartlari buzilishi tufayli; 
-
ta’minotning kechikishi tufayli va h.k. 
Kelib chiqishi mumkin bo’lgan natijasiga bog’liq holda risklar ikkita katta 
guruhga: sof va spekulyativ risklarga bo’linadi (Qarang: 1-ilova). Sof risklar 
salbiy natijani olish imkonini anglatadi. Unga ekologik, siyosiy, tabiiy, trasport 
va tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari) tegishlidir. 


27 
Spekulyativ risklar ijobiy kabi salbiy natijalarni olish imkoniyatida namoyon 
bo’ladi, ular moliyaviy risklardan iboratdir. Ular: 
- inflyatsion risklar - inflyatsiya o’sishi sharoitida pulli daromadlar 
o’sishiga qaraganda tezroq baholanib turiladi;
- deflyatsion risklar - deflyatsiyaning o’sishi holatida baho darajasining 
tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-
sharoitning yomonlashuvi sodir bo’ladi;
- valyuta risklari - bir valyutaning boshqasiga nisbati bo’yicha kursning 
o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotilishi xavfi sifatida o’zini namoyon qiladi; 
- likvidlik risklari - qimmatli qog’ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va 
iste’mol qiymatini baholashning o’zgarishidan ularni sotishdagi mumkin 
bo’lgan yo’qotishlar bilan bog’liq bo’ladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan risk turlarining deyarli barchasi korxona 
faoliyatiga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog’ida o’z ish 
faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o’zgarishi mumkin. 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin