Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
 
9-rasm. Loyiha sezgirligi tahlilini grafik usulda tasvirlanishi
24

 
Rasmdagi ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki, investitsiya loyihasi 
sezgirligini tahlil qilish orqali riskni aniqlab, tahlil qilib baholash mumkin. 
Masalan, loyiha sezgirligi tahlili natijasida kritik omil sifatida mahsulot bahosi 
namoyon bo’lsa, demak, marketing dasturini kuchaytirish kerak yoki loyiha 
qiymatini (ishlab chiqarish harajatlarini) kamaytirish kerak.
Investitsion loyihaning “Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida 
mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish harajatlariga teng 
bo’lgan holdagi sotish xajmi aniqlanadi. Agar sotish xajmi bu nuqtadan past 
bo’lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi harajatlarga teng 
bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo’ladi. “Zararsizlik nuqtasi” 
tahlili investitsiya loyihasi quvvati yoki ishlab chiqarish xajmi miqdorini topish 
maqsadida qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish xajmi past bo’lsa, korxona zararga 
ishlayotgan bo’ladi. Bunday tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni 
hisobga olish bilan bir qatorda zararsizlik darajasini hisoblashga imkon beradi. 
Risk va noaniqlik sharoitida investitsion loyihalarning samaradorligini 
baholashda uchta tez-tez o’zgaruvchan miqdorlarni: mahsulot (ish, hizmat)larni 
24
Староверова Г.с. Экономическая oценка инвестиций: Учеб. пос. – M.: “KNORUS”, 2006. – стр. 244. 


34 
sotishdan olingan daromadlar, ishlab chiqarish harajatlari (tannarx), 
investitsiyalar va ulardan keladigan samaralarni o’rganishga to’g’ri keladi. 
Quyida “Xumo” kichik korxonasi misolida “Zararsizlik nuqtasi”ni 
aniqlaymiz: “Xumo” sumka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxona 
ma’lumotlari quyidagicha: 
2-jadval 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin