Baholash ishi va investitsiyalar


Investitsiya loyihalari risklarini analitik va sintetik usullari orqali



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
5. Investitsiya loyihalari risklarini analitik va sintetik usullari orqali 
tahlil qilish va baholashni takomillashtirish yo’llari 
 
O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, jahon 
bozoriga integratsiyalanishi va globalizatsiya sharoitida investitsion faoliyatning 
rivojlanishi uchun kunlik hayotida risklar bilan to’qnashishiga to’g’ri keladi. 
Davlat tomonidan investitsion faoliyatning qo’llab-quvvatlanishi albatta ijobiy 
samara beradi, lekin shunga qaramay investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
turli xil risklar bilan bog’liq bo’ladi. Va ayni shunda yuzaga kelish ehtimoli 
bo’lgan yutuq-foydani va yo’qotishlarning kompleks tahlilini olib borishda, risk 


45 
va tavakkalchilikni baholash uchun riskni yuzaga keltiruvchi barcha manbalarni 
va ularning ichida eng asosiylarini aniqlash muhimdir. Bu borada investitsiya 
risklarini tahlil qilishning analitik va sintetik usullaridan keng ko’lamda 
foydalanish talab etiladi. Agar loyiha bo’yicha kutilayotgan foyda yoki vujudga 
kelishi mumkin bo’lgan zararlar ichida miqdoriy yoki yuzaga kelish ehtimoli 
bo’yicha boshqalarga qaraganda eng katta solishtirma og’irlikka ega bo’lgan 
bitta turdagisi ajralib chiqsa, u holda risk darajasini miqdor bo’yicha baholash 
uchun ayni shu turini qabul qilish mumkin bo’ladi. 
Investitsiya loyihalari bo’yicha vujudga kelishi mumkin bo’lgan zarar va 
yo’qotishlarni pasaytirish va etarli asoslash maqsadida paydo bo’lishi mumkin 
bo’lgan risklarni va ularning omillarini tahlil qilish va baholash uchun maxsus 
iqtisodiy yondashuv, uslubiyot va vositalar ishlab chiqilishi lozim. Investitsiya 
loyihalariga ta’sir etadigan risklarni baholash, nafaqat, zararlarni pasaytirish 
imkonini beradi, balki strategik to’g’ri riskni salbiy oqibatlarini uzoq davomga 
pasaytirish uchun to’g’ri qaror qabul qilishi uchun ham yordamlashadi. Riskning 
muqarrarligini vaqtida aniqlash, unga ta’sir etishi mumkin bo’lgan yoki uni 
pasaytirish yo’llarni vaqtida o’rganib, o’zi uchun ma’qulligini tanlashiga imkon 
beradi. Bu o’z navbatida, analitikning investitsiya riskiga asosli tarzda 
yondashishini ta’minlaydi. 
Investitsiya 
loyihalarida 
risklarni 
boshqarishni 
takomillashtirishda 
ma’lumotlarning shaffofligi va ishonchliligi muhim o’rin tutadi. Chunki, 
ma’lumotlar ishonchli va shaffof bo’lmasa, olingan xulosalar soxta bo’lishi 
mumkin. Investitsiya loyihalarida risklarni boshqarishda u yoki bu faoliyatidagi 
risklarni muntazam ravishda tahlil qilish, ularni baholashga imkon beruvchi 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish, qo’llash, identifikatsiyalash va pasaytirish 
yo’llarini takomillashtirish asosiy omillardan hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarida risklarni samarali baholashda, 
ilg’or texnologiyalardan foydalana olishi ham qiyinroq bo’ladi. Chunki bu 
ularning “cho’ntagi”ga har doim to’g’ri kelavermaydi. Shuning uchun risklarni 
baholashda 
birinchi 
navbatda 
ularni 
moliyaviy 
hisobot 
asosida 


46 
identifikatsiyalash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bunda korxona balansi va 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanilsa bo’ladi. 
Bunday yondoshuvning afzalligi uning soddalashgan tartibi, qo’shimcha 
ravishda ma’lumotlar va mablag’larni yig’ish kerak emasligi, xalqaro 
amaliyotga va hisob standartlariga uyg’unligidadir. Unga muvofiq investitsiya 
loyihalarida barcha risklarni analitik va sintetik usulda identifikatsiyalash 
maqsadga muvofiqdir 
 
Operatsion risklar opreatsion faoliyat (ichki va tashqi moliyaviy resurslarni 
jalb qilish asosida real ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish hamda vujudga 
keltirilgan zaruriy asosiy va aylanma kapital hisobiga takror ishlab chiqarish 
jarayonining davomiyligi hamda uzluksizligini ta’minlash) natijasida ular 
foydasining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Operatsion risklarni to’rtta guruhga 
ajratishimiz mumkin: foydani yo’qotish riski; o’zgaruvchan harajatlar bilan 
bog’liq risklar; doimiy harajatlar bilan bog’liq risklar; realizatsiya bilan bog’liq 
risklar.
Investitsiya loyihalarida balans risklarni aniqlashda balans hisobotlaridan 
foydalaniladi. Ushbu risklar operatsion risklardan farqli holda korxona 
moliyaviy resurslari va aktivlarining shakllanishi bilan bog’liq bo’ladi. Balans 
risklarini uch guruhga ajratishimiz mumkin: aktivlarni boshqarish bilan bog’liq 
risklar; majburiyatlarni boshqarish bilan bog’liq risklar; kapitalni boshqarish 
bilan bog’liq risklar.
Investitsiya loyihalarida risklarni baholash va uning omillarini tahlil 
qilishda maxsus chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim bo’lib, uning ma’lum 
bir variantini 15-rasm orqali ifodalashimiz mumkin. Bunda risklarni baholash 
bo’yicha o’traziladigan chora-tadbirlarni to’rt bosqichga bo’lishimiz mumkin: 
- ehtimoliy “yo’qotish vaqt”larini va ularga bog’liq bo’lgan “yo’qotishlar 
sohalari”ni aniqlash;
- yo’qotish hajmini (risk qiymatini) aniqlash;
- yo’qotishlar oldini olish va qoplash bo’yicha korxona imkoniyatini 
baholash;


47 
- aniqlangan risklarga korxonaning munosabati. 
Risklarning o’zgaruvchanligi korxonalarning iqtisodiy holatini o’zgarishi 
bilan bog’liqdir. 15-rasmning birinchi bosqichi korxona uchun ehtimoliy 
holat(payt)larni aniqlanishini nazarda tutadi. Bu ishni risklarni baholash va 
taqsimlash bo’yicha mutaxassis bajaradi (bundan keyin uni risk-menejer deb 
nomlaymiz). Korxona uchun bu bosqichda bajariladigan ishlar iqtisodiy risklar 
tahlilida eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. 
Birinchi bosqichda aniqlanmangan risklar keyinchalik tahlilda ishtirok 
etmaydi, bu esa, o’z navbatida, kutilmagan va shu tufayli foyda shakllanishida 
katta zararlarga olib keluvchi xatardir. Korxona uchun uning faoliyatida yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan nafaqat katta zarar keltiruvchi risklar, balki kichik risk 
hisoblanib, lekin paydo bo’lish ehtimolligi yuqori bo’lgan risklar ham 
qiziqtirishi lozim. Bunda yuqorida keltirgan kichik biznes korxonalari 
foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi risklar identifikatsiyasidan foydalanish 
mumkin. 


48 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin