Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Risk uchun mukofotning risk darajasi



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
11-rasm. Risk uchun mukofotning risk darajasi
(β –koeffitsienti)ga bog’liqligi
32
 
32
Nosirov E.I., Mamatov B.S., Shoislomova N.Q., Sharifxodjaeva K.U. Investitsiya risklarini boshqarish. O’quv 
qo’llanma. / i.f.d., professor A.V.Vahobovning umumiy tahriri ostida. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. 77-bet. 


40 
Loyiha samaradorligini ifodalovchi sof joriy qiymatni aniqlash formulasiga 
asosan, risk uchun mukofot loyihani amalga oshirish yillari davomida ortib 
boradi, chunki loyiha bo’yicha kelib tushadigan pul oqimlari uzoq yillar 
davomida yig’ilib borishi yuqori risklar bilan bog’liq (qancha loyihaning 
muddati uzoq, pul mablag’lari ko’p bo’lsa, shuncha u yuqori riskli hisoblanadi). 
Analogiya (o’xshatishlar) usulining mohiyati shundan iboratki, mumkin 
bo’lgan yo’qotishlarni hisob-kitob qilish maqsadida firma amalga oshirayotgan 
loyihaga o’xshash bo’lgan, oldin amalga oshirilgan loyihaga tegishli bo’lgan 
barcha ma’lumotlarni tahlil qiladi va o’xshash joylaridan foydalanadi. 
O’xshatishlar usulidan tez-tez qaytarib turiluvchi loyihalarni amalga oshirishda 
ularning risklarini baholash maqsadida foydalaniladi, ya’ni bu usuldan ko’proq 
qurilishda foydalaniladi. Agar qurilish firmasi yakuniga etgan loyihaga 
o’xshagan yana boshqa loyihani amalga oshirishni mo’ljallasa, loyihaga ta’sir 
etuvchi risklar darajasini mavjud statistik ma’lumotlar asosida aniqlashi 
mumkin. Shu maqsadda mumkin bo’lgan yo’qotishning eng ko’p va eng kam 
chegarasi bilan belgilangan risk doirasini aniqlash mumkin. 
Hozirgi vaqtda amaliyotda loyiha risklarini tahlil qilishning bir qancha 
usullari va yo’nalishlari mavjud bo’lib, ulardan asosiy usullarining biri 
sifatida ekspert baholash usulini keltirib o’tamiz. 
Ekspert baholash usulining asosiy afzallik tomoni shundaki, loyiha tahlili 
jarayonida hamda turli sifat omillari ta’sirini hisob-kitob qilishda ekspertlar 
tajribasidan foydalaniladi. Loyiha risklarini ekspert baholash algoritmi 
(tartibi) esa quyidagilarni qamrab oladi: 
- loyiha hayotiyligi bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklar 
tarkibini ishlab chiqish; 
- risklarni muhimlik darajasi bo’yicha himoyalash. Bu maqsadda 
risklarning ehtimolligi, ushbu riskning xavflilik darajasi ekspert yo’li bilan 
aniqlanadi.
Ekspert baholash jarayoni rasman quyidagicha amalga oshiriladi: loyiha 
(firma) rahbarlari savol tariqasida baholash mezonlarining ro’yxatini ishlab 


41 
chiqadilar. Har bir mezon (kriteriya) uchun mos tarzda muhim bo’lgan 
koeffitsient belgilanadi, bu koeffitsient ekspertlarga aytilmaydi. So’ngra har 
bir mezon bo’yicha javoblar variantlari tuziladi, variantlardan eng muhimlari 
qaysiligi yana ekspertlarga bildirilmaydi. Ekspertlar baholanayotgan loyiha 
to’g’risida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim hamda loyihani 
ekspertiza qila turib, qo’yilgan savollarni tahlil qilishlari, shuningdek, javob 
variantlaridan birini tanlashlari lozim. Ekspertlar tomonidan to’ldirilgan savol 
varaqlari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilgan kompyuter dasturlari 
orqali tekshirib chiqiladi hamda olib borilgan ekspertizaning javoblari 
chiqariladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, ekspert loyihani shaxsiy 
tajribasidan kelib chiqib baholaydi. 
Tadqiqot jarayonimizda “ZIYO” kichik korxonasi misolida risklarning 
foydaga ta’siri tahlili o’tkazildi.

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin