37
biri bu “qarorlar daraxti” usulidir. Bu usul
aniq holatni ehtimollar
nazariyasiga ko’ra baholashga asoslanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun
qilinadigan harajatlar
(moliyaviy qo’yilmalar) bir vaqtda emas, balki uzoq davr mobaynida amalga
oshiriladi. Bu esa loyiha menejeriga qo’yilmalarni
qayta baholash hamda
loyihani amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan o’zgarishlarga tezkor
chora-tadbirlar ko’rishga imkoniyat yaratadi.
Investitsiya loyihalariga
mablag’larni yo’naltirish uzoq vaqt davom etganda, loyiha bo’yicha risklarni
baholash “qarorlar daraxti”usuli yordamida amalga oshiriladi.
“Qarorlar daraxti”ni barpo etish ketma-ketligi quyidagi rasmda ifodalab
berilgan: (10-rasm)
Risklarni tahlil qilish va baholashning stsenariylar
usuli sezgirlik tahlili
usulining davomi bo’lib, bunda sof joriy qiymatni hisoblashga ta’sir etuvchi
omillarning barchasi bir vaqtning o’zida o’zgartirilganda
NPV qanday
o’zgarishi hisoblanadi.
Qoida
tariqasida, loyihani amalga oshirish davomida qilingan harajatlar
bir martalik moliyaviy
qo’yilmalarni amalga
oshirishni talab qilmasdan, uzoq muddat davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bu
holat loyiha menejeriga kapital qo’yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda loyihani
amalga oshirishdagi
o’zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi. Mablag’larni investitsiyalashni amalga oshirish
uzoq muddat talab etsa, loyiha bo’yicha risklar, ko’p hollarda, qarorlar daraxti usuli yordamida baholanadi.
1.“Qarorlar daraxti”ni barpo etish uchun ma’lumotlar to’plashning ketma-ketligi
-
loyiha hayotiyligi tsiklining davomiyligi va tarkibini aniqlash;
-
loyihaning istiqboldagi rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy holatlarni aniqlash;
-
asosiy holatlarning sodir bo’lish vaqtini aniqlash;
-
asosiy holatlarning sodir bo’lishi natijasida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirish;
-
har bir qabul qilingan qarorlarning ehtimolligini aniqlash;
-
loyihani amalga oshirish har bir bosqichining qiymatini aniqlash.
2. Olingan ma’lumotlar asosida “Qarorlar daraxti”ni barpo etish
Dostları ilə paylaş: