Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 361,03 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2023
ölçüsü361,03 Kb.
#134330
  1   2   3   4   5   6   7



    1. Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati.




Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, Investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan Investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir.


Investitsion risklar 1 1.1 1-rasm



1 Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami
Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
O'zbekiston qonunchiligi :



  • „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida―gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin.

  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari.




  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar.

  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar.

  • chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.

Xorijiy investitsiyalarning shakllari. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:

  • ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;




  • 100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;

  • yirik xorijiy kompaniya va firmalarning korxonalari va filiallarini tashkil etish;




  • konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;

-tenderlar eʼlon qilish;





  • erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;




  • moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish;

Investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg'arish,qo'yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini olibqarash lozim.Investitsiyaning bunday doiraviy harakatiga investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi.
Ko'plab mamlakatlar xorijiy qo'yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi ,xususan kapitallarn isaqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi,imtiyozli soliq olishni kiritad iva foydani xorijga erkin o'tkazishga ruxsatberadi,olingandaromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi. Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me'yori
deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi:



Yüklə 361,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin