Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati


Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy xajmga nisbatan foiz xisobida.8 1.3 1- jadval



Yüklə 361,03 Kb.
səhifə6/7
tarix23.06.2023
ölçüsü361,03 Kb.
#134330
1   2   3   4   5   6   7

Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy xajmga nisbatan foiz xisobida.8 1.3 1- jadval



Jadvalda ko’rinadiki 2018 yil turar joy qurilish 33.6%qaytaishlash sanoatiga 26.5%,elektr gaz bilan ta’minlash 3.4 %chakan savdoga 5.6% qishloq xo’jaligi 11.3,tashish va saqlash5.3% tog’ kon sanoati 5.3% qurilish 1.7% texnik faoliyat 0.3%,xizmatlar ko’rsatish 0.2%, sog’liqni saqlash 1.5% boshqa faoliyat turlari 5.3%
8Manba : O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi
-ni tashkil qilgan bo’sa 2019 – yilga kelib bu ko’rsatkich turar joy qurlishiga 13.4% qayta ishlash sanoatiga 36.6% elektr gaz bilan ta’minlash 3.3 %chakana savdoga2.9% qishloq xo’jaligi 15.5%,tashish va saqlash 4.9% tog’ kon sanoati 0.3% qurilish 1.6% texnik faoliyat 0.4%,xizmatlar ko’rsatish 0.5%, sog’liqni saqlash 4.2% boshqa faoliyat turlari 16.4% tashkil qilib kelmoqda.
Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o’sishga hissa qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir. Markaziy Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon, qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi.
2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiyiqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018- yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan o’tkazildi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir. Yig’ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va
samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to’g’risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o’zlashtirish biznes-reja va texnikiqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo’naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Keng imkoniyatlari bo’lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg’onada 11, Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog’iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi





Yüklə 361,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin