Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
 
 
4-jadval 
“ZIYO” kichik korxonasida foydaning riskka ta’sirchanlik darajasi
33

(mln. so’mda) 
 
 
Ko’rsatkichlar 
 
2010 y. 
 
2011 y. 
 
2012 y. 
 
2013 y. 
 
2014 y. 
2014 yilda 2010 
yilga nisbatan 
o’zgarishi 
Mahsulotlarni sotishdan 
olingan tushum 
40,9 
71,7 
160,3 
99,4 
60,2 
147,2 % 
Sotilgan mahsulot 
tannarxi 
19,3 
32,5 
68,3 
57,2 
43,6 
225,9 % 
Mahsulotlarni sotish-dan 
olingan yalpi foyda 
21,6 
39,2 
92,0 
42,2 
16,6 
76,8 % 
Asosiy faoliyatdan 
olingan foyda 
15,9 
27,8 
75,2 
25,3 
0,0 
0,0 % 
Boshqa faoliyatlardan 
olingan foyda 
0,1 
0,2 
2,4 
3,7 
2,1 
2,1 marta 
Yagona soliq to’lovi* 
5,5 
7,2 
21,0 
10,0 
4,9 
89,1 
Joriy yilning sof foydasi 
6,2 
18,1 
41,9 
18,9 
0,0 
0,0 % 
*2005 yil 1 iyuldan boshlab kichik kichik biznes sub’ektlari - mikrofirmalar va kichik korxonalarga nisbatan yagona soliq to’lovi joriy 
etildi.
4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2010-2012 yillarda “ZIYo” kichik 
33
“ZIYO” kichik korxonasining yillik balans hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblandi.


42 
korxonasida yalpi foyda, mahsulotlarni sotishdan olingan foyda, asosiy 
faoliyatning foydasi va sof foydaning miqdorlari o’sish tendentsiyasiga ega 
bo’lgan. Mazkur o’sish mahsulotlarni sotishdan olingan tushum miqdorini ushbu 
davr mobaynida o’sganligi va mahsulotlar tannarxining tushum hajmidagi 
salmog’ining pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganligi bilan izohlanadi. Ushbu 
ko’rsatkich 2010 yilda 47,2 foizni tashkil qilgan holda, 2012 yilda esa, 42,6 
foizni tashkil etdi. 
Yuqorida qayd etilgan holatlar “ZIYo” kichik korxonasi faoliyatidagi 
tovarlarni sotish jarayonidagi risklar va ayniqsa operatsion riskning foydaga 
ta’siri past darajada ekanligidan dalolat beradi va risklarni boshqarish 
samaradorligi nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. 
4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2013, 2014 yillarda “ZIYo” kichik 
korxonasining mahsulotlarni sotishdan olingan foydasini oldingi yillarga 
nisbatan keskin sur’atlarda pasayishi kuzatildi. Bu esa, o’z navbatida, asosiy 
faoliyatdan olingan foydaning va joriy yilning sof foydasini pasayishiga sabab 
bo’ldi. 2014 yilda korxonaning mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydasi atigi 
16,6 mln. so’mni tashkil qilgani holda, u faoliyatini 4,2 mln. so’m miqdoridagi 
zarar bilan yakunladi.
Ushbu muammoning yuzaga kelishining asosiy sababi sifatida riskning 
foydaga ta’siri darajasini tahlil qilingan davr mobaynida tovarlarni sotish 
jarayonidagi risklar va operatsion riskning foydaga ta’sir darajasi yuqori 
bo’lganligi bilan belgilanadi. 2014 yilda “ZIYO” kichik korxonasining 
baholarning tebranishi natijasida yo’qotish summasi 10,1 mln. so’mni tashkil 
qilgani holda, boshqa operatsion xarajatlar miqdori 7,9 mln. so’mni tashkil etdi. 
Ushbu ikki turdagi xarajatlarning miqdori 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 7,1 
foizga ko’p demakdir.
2014 yilda “ZIYO” kichik korxonasi faoliyatini zarar bilan yakunlagan 
bo’lsada, 4,9 mln. so’m miqdorida soliq to’lagan. Buning sababi shundaki
yagona soliq to’lovida soliq oborotdan to’lanadi. Shu sababli, korxona foyda 
olishi yoki olmasligidan qat’iy nazar hisoblangan soliqni to’lashi zarur. 


43 
Shuningdek, 4-jadval ma’lumotlaridan “ZIYO” kichik korxonasi 2014 yilda 
ishlab chiqarish riskining foydaga ta’sir darajasining yuqori bo’lganligi 
kuzatildi. 2014 yilda korxona mahsulotlarini sotishdan olingan tushumga 
nisbatan mahsulot tannarxining ulushi 72,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, ushbu 
ko’rsatkichning 2013 yildagi darajasi 57,5 foizni tashkil qilgan edi. Tannarxning 
tushumga nisbatan keskin oshib ketishi mahsulotlarni sotishdan olingan tushum 
summasining 2014 yilda 2008 yilga nisbatan sezilarli darajada pasayib 
ketganligi bilan izohlanadi. Mazkur davrda tushum miqdorining pasayishi 
sur’ati 39,4 foizni tashkil qildi. 
Turli risklarning korxonalar foydasi miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatishini 
aniqlash muhim vazifalardandir. Shu sababdan risk darajasini miqdoriy aniqlash 
asosiy e’tiborni tortadi. Shunday risklar ham borki, ular ta’siri va keltiradigan 
zararini miqdoriy aniqlash qiyin kechadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, risklar 
miqdorini aniqlash va baholash g’oyat zarur bo’lib, o’ziga xos yondashuvlarni 
talab etadi. 
Risk darajasini aniqlash uchun, eng avvalo, muayyan risk ta’siri oqibatida 
aniq iqtisodiy ko’rsatkichning o’zgarishi tezligi va chegarasini aniqlash lozim 
bo’ladi. Bunday ko’rinishdagi tahlil ishlarini olib borish riskning mumkin 
bo’lgan chegarasini va funktsional bog’liqligini o’rnatishga olib keladi: 
R = 

(x
i
)
34
Bunda R – risk miqdori; x
i
– riskning 
i
omil; 
i
– 1, 2, ..., 
n

Korxonada yuzaga keladigan risklarning iqtisodiy zararini aniqlashda 
foydaning o’zgarishi va uni yaratishda ishtirok etuvchi korxona kapitalini 
hisobga olgan holda mumkin bo’lgan yo’qotishlarning maksimal chegarasini 
quyidagi formula orqali aniqlash o’rinlidir: 
R
cheg
= N
foyda 
x K (6) 
Bunda R
cheg
– riskning chegaraviy hisob bahosi (yillik), so’mda; N
foyda
– 
foydaning o’rtacha yillik me’yori koeffitsienti; K – korxona kapitalining 
o’rtacha yillik miqdori, so’mda. Agar nazarda tutilayotgan riskning hisob bahosi 
34
Стратегический менежмент / под ред. A.Н. Петрова. – Спб.: “Питер”, 2008. – Стр. 383. 


44 
chegaraviy qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda yo’qotishlar xavfi mumkin 
bo’lgan yo’qotishlardan ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham riskning hisob bahosi 
korxona rahbarlariga yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulay oqibatlarni 
hisobga olgan holda muayyan faoliyat turini amalga oshirishi bo’yicha aniq 
qaror qabul qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Umuman olganda, loyiha risklarini aniqlash, tahlil qilish, baholash va 
pasaytirish tadbirlarida risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi 
masalalarga e’tibor qaratiladi: loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini 
aniqlash va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot ta’minoti; 
risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash; risklarning oldini olish; risklarni 
kamaytirish texnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish; risklarni 
taqsimlash; risklarni sug’urtalash; risklarni boshqarish xarajatlarining optimal 
darajasini asoslash va samaradorlikni baholash; risklarni moliyalashtirish; 
natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring ma’lumotlari asosida 
risklarni boshqarishda qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish. 
Xulosa qilib aytganda, risklar barcha investitsiya loyihalari uchun xos 
hisoblanadi. Riskni bartaraf etish uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash, 
daromad va yo’qotishlar, samaradorlikning pasayishi kabi holatlar bo’yicha 
risklar tahlilini olib borish orqali zaruriy choralar ko’rish bilan amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin